Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 1027
  • Yangilash: 20 Mart 2024, 10:12

Milliy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish

1. Milliy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish

Nomi Xizmat haqi miqdori Eslatma
1.1. Hisobvaraqni yuritish
1.1.1. Hisobvaraq ochish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, hisobvaraqni yopish va hisobvaraqni boshqa bankga o’tkazish (o'tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash) bepul
1.1.2. Milliy valyutadagi depozitlar bo'yicha foiz hisoblash bank tomonidan yuridik shaxslar depozitlari bo'yicha tasdiqlangan shartlarga muvofiq (havolaga o'tish)
1.1.3. Mijozning hamda auditorlik tashkilotining talabiga binoan hisobvaraqlar holati to’g’risida, muayyan davr mobaynidagi amaliyotlar to’g’risida yozma va/yoki elektron shaklda ma’lumotnomalar berish

а) hisobvarag’i mavjud mijozning so’roviga asosan har bir ma’lumotnoma uchun 25% BHM (QQSsiz)*
b) bankda ilgari xizmat ko’rsatilgan va hisobvarag’i yopilgan mijozning so’roviga asosan har bir ma’lumotnoma uchun 1 BHM (QQSsiz)*
1.1.4. Akkreditiv ochish 1 ta BHM (QQSsiz)*
1.1.5. Akkreditiv shartlarini o’zgartirish 1 ta BHM (QQSsiz)*
1.1.6. Akkreditivni bekor qilish bepul
1.2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
1.2.1. Pul mablag’larini hisobvaraqqa kirim qilish bepul
1.2.2. Qog’oz shaklida taqdim etilgan to’lov hujjatlarining ijrosi (debet aylanmasi):

a) tashqi (boshqa banklarga) To’lov summasidan 0,3% Eksportchilar uchun** - To’lov summasidan 0,2%
b) ichki (Bank tizimida) bepul
1.2.3. «Internet-banking» va «Alliance Mobile» tizimlari orqali to’lovlarni amalga oshirish (debet aylanma)

a) tashqi (boshqa banklarga) To’lov summasidan 0,2%
b) ichki (Bank tizimida) bepul
1.2.4. Byudjetga to‘langan chiquvchi soliq to‘lovlarini, shuningdek, yagona g‘azna hisobvarag‘iga to‘langan barcha turdagi kommunal to‘lovlarni, shu jumladan Munis tizimi orqali ijro etish. bepul
1.2.5. Inkassatsiya qilingan naqd pul tushumlarini (shu jumladan samonos orqali kiritilgan) mijozning boshqa bankda ochilgan hisobvarag'iga (asosiy yoki ikkilamchi) o’tkazish o’tkazma summasidan 0,2% hududiy filiallar uchun: kelishuvga muvofiq o’tkazma summasidan 0,2%gacha
1.3. Naqd pul mablag'lari bo'yicha amaliyotlar (kassa xizmatlari)
1.3.1. Bank kassasiga topshirilgan naqd pul mablag’larini qabul qilish va qayta sanash bepul
1.3.2. Pensiya, nafaqa, stipendiya, ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul mablag’larini berish bepul
1.3.3. Boshqa maqsadlar uchun (1.3.2 bandda qayd etilganlardan tashqari) naqd pul mablag'larini berish   summadan 1% Eksportchilar uchun** - summasidan 0,5%. Bepul – O’zR MB tomonidan madad pullari berilganda
1.3.4. Chek daftarchalarini hisobga qo’yish 10% BHM (QQSsiz)*
1.3.5. Chek daftarchalari yo’qotilganligi uchun jarima 1 ta BHM (QQSsiz)*

Izohlar:

*O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 2022 yil 1 apreldan boshlab bankning qiymati qat’iy summada belgilangan xizmatlari amaldagi qonunchilikka mos keladigan miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shib hisoblanadi.

** Eksportchilar – O'zbekiston Respublikasi norezidenti bilan eksport tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha eksport va barter shartnomalar tuzgan va bank hisobvarag'iga eksport tushumi bo'yicha yarim yillikda (mavsumiy xususiyatga ega faoliyat bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar uchun bir yilda) 50 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan miqdorda mablag' o'tkazadigan yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari.

Tariflarni qo'llashning umumiy shartlari:

Yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar, agar alohida holatlar ko'rsatilmagan bo'lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, doimiy muassasalarga, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalariga, davlat korxonalariga, tashkilotlarga va boshqa muassasalarga xizmat ko'rsatishda ham qo'llaniladi.

Agar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlariga muvofiq vositachilik haqining boshqa miqdori yoki vositachilik haqini undirmaslik belgilanadigan bo'lsa, unda ushbu me'yoriy hujjatlarda belgilangan miqdorlar va shartlar qo'llaniladi.

BHM - 2019 yil 21 maydagi PF-5723-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab kiritilgan bazaviy hisoblash miqdori (Ish haqining eng kam miqdori o'rniga).





Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X