«ASIA ALLIANCE BANK» ATB ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o`tib, muvofiqlik sertifikatini qo`lga kiritdi. Bu standart bir qator sifat menejmentining tamoyillariga asoslangan bo`lib, jumladan, mijozlarga yo`naltirilgan boshqaruv tizimi, tizimli yondashuv va doimiy yuksalishga asoslanadi.

Bankka ISO 9001:2015 xalqaro standartini kiritishdan asosiy maqsad, bu sifat menejmenti tizimi samaradorligini tizimli yondashuv orqali doimiy rivojlantirish, shu bilan bir qatorda mijozlarning talab-ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

ISO 9001:2015 standartinining asosiy ustunliklari quyidagilardan iborat:

- mijozlarni bankka bo`lgan ishonchini yanada oshirish, shu bilan birga mijozlar ko`lamini kengaytirish;

- raqobatdoshlikni va xalqaro maydonlarga chiqish imkoniyatini oshirish;

- o`rnatilgan maqsadlarni amalga oshirish va belgilangan natijalarga erishish;

- barcha jarayonlarni zarur bo`lgan manbalar bilan ta`minlanishi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB doimiy ravishda standart talablarini bajarishini ta`minlaydi, shu asosda sifat menejmenti tizimi taraqqiy etadi va mijozlarning bankka bo`lgan ehtiyojlari qondiriladi.