2020 yil 18 sentyabrda Toshkentdagi Yaponiyaning Raqamli universiteti (“Japan Digital University” - JDU) vakillari va ASIA ALLIANCE BANK rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda JDUda o'qish uchun tanlovdan o'tgan talabalarga imtiyozli kreditlar ajratish to'g'risida bitim imzolandi.

Toshkentdagi Yaponiyaning Raqamli universiteti 2020 yildan boshlab O'zbekistonda onlayn ta'limni taklif qilmoqda. Universitet ikki yo'nalishda o'qitishni amalga oshiradi: IT-menejment va biznesni boshqarish.

O'qishni muvaffaqiyatli tugatgan universitet bitiruvchilariga O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat diplomi va Yaponiyadagi universitetlardan birining namunaviy diplomlari beriladi.

JDUda o'qishning afzalligi yuqori malakaga ega bo'lish kafolati va talabalarni bitiruvdan so'ng Yaponiyaning eng yaxshi kompaniyalarida IT mutaxassisligi bo'yicha ish topishida yordam berishdir.