«ASIA ALLIANCE BANK» Sizga, bank kuzatuv kengashining 2020 yil 6 oktyabrdagi K-15-sonli qaroriga asosan 2021 yilning 9 yanvaridan bankning Chilonzor filialining faoliyati tugatilishini, uning majburiyatlari bankning Amaliyot boshqarmasiga o‘tkazilishini va faoliyati tugatilayotgan Chilonzor filiali negizida Bank xizmatlari markazi tashkil etilishini ma’lum qilamiz. Mazkur qayta tashkil etish ishlari mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yanada yahshilash va bankning biznes jarayonlarini optimizatsiya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.