Koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog'liq xalqimizning yelkasiga tushgan sinovlar va buning natijasida mamlakatimizda karantin rejimi e'lon qilingan bo'lib, aholining ayniqsa ehtiyojmand qatlamlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim choralar ko'rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2020 yil 22 apreldagi qaroriga binoan kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga, qarovga muhtoj keksa fuqarolarga va shuningdek, qiyin vaziyatga tushgan har bir kishi uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Saxovat va ko'mak” jamg‘armasi tashkil etildi. Yurtimizning barcha viloyatlari va shaharlarida ushbu xayriya jamg'armasining filiallari tashkil etilgan.

Shu sababli, barchani, qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish uchun birlashishga chaqiramiz!

Biz barchani ushbu vaziyatda befarq bo'lmaslikni va hozirgi paytda eng muhtojlarga yordam qo'lini cho'zishda birlashishni so'raymiz. “Saxovat va ko'mak” jamg'armasining xayriya hisob raqamlaridan biriga mablag' o'tkazish orqali yordam berishingiz mumkin. Hisob raqamlar to'g'risidagi ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.