Avtokredit "Ikkilamchi" – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositalarini ikkilamchi bozordan xarid qilish uchun.
Boshlang’ich badal miqdori *
|
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Dastlabki oldi-sotdi shartnomasida belgilangan narxning 15% dan kam bo’lmagan miqdorda |
12 oygacha |
yillik 26,9% |
36 oygacha | yillik 29,9% | |
60 oygacha | yillik 30,9% | |
Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan, kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi narxining 20% dan kam bo’lmagan miqdorda.
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining alohida sof daromadi BHMning 6 barobaridan kam bo’lmasligi lozim.
Ikkilamchi bozordan kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasi.
Sotib olinadigan avtotransport vositasi narxining 70% gacha bo’lgan qiymati garovga qabul qilinadi.
Qo’shimcha ta’minot sifatida - sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi (kredit ta’minoti qiymatining yetmagan qismiga) qabul qilinadi.
· Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);
· Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi;
· Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
· Mustaqil baholovchi tashkilotning avtotransport vositasini baholash hisoboti.
· O’zini-o’zi band qilganlik to’g’risidagi guvohnoma. (kredit o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga ajratilganda).
Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Bunda daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.
Umumiy shartlar
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.