Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта

Ipoteka krediti

Birlamchi uy-joy bozoridan yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun.

  • 29,99%
    Foiz stavkasi
  • 144 oy
    Kredit muddati
  • Toshkent shahrida uy-joy sotib olish uchun – BHMning 3200 barobaridan oshmagan miqdorda, O‘zbekiston Respublikasi boshqa hududlarida - BHMning 2400 barobaridan oshmagan miqdorda
    Kredit miqdori
ico

Ipoteka krediti - birlamchi uy-joy bozoridan yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun.

Kredit doimiy rasmiy daromadiga ega yoki o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga, O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan, 18 dan 60 gacha bo’lgan fuqarolarga ajratiladi.

Ipoteka kreditining eng yuqori miqdori ariza taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib belgilanadi:

- Toshkent shahrida joylashgan yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 200 barobaridan oshmagan miqdorda;

- O’zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida joylashgan yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 400 barobaridan oshmagan miqdorda ajratiladi.

Kredit muddati – 144 oy.

Imtiyozli davr – 12 oy.

Kredit foizi- 29,99%

Qarz oluvchilar boshlang'ich to'lov miqdoriga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda kredit foizini tanlashlari mumkin:

Kredit rasmiy daromadiga ega fuqarolarga ajratilganda:

-  Boshlang’ich to’lov 26%

  Kredit o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga ajratilganda:

-  Boshlang’ich to’lov 30%

Bank Qarz oluvchiga ipoteka kredit bo’yicha oylik to’lovlarni hisoblash bo’yicha 2 usuldan birini tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).

Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydagi kvartirani sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi.

Yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydagi kvartirani xarid qilish uchun kredit berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.

Yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydagi kvartira ipotekasini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.

Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. Kredit olish uchun ariza.

2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-Karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)

3. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar

4. Qarz oluvchi bilan birgalikda turar-joyda roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisidagi quyidagi hujjatlarlardan biri:

a) Qarz oluvchi bilan birgalikda turar joy/kvartirada roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisidagi soʼnggi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan uy kitobi sahifalarining nusxasi. Kredit boʼlimi xodimi uy daftarining tegishli betlaridan nusxa koʼchirib oladi;

b) Ushbu turar joy/kvartirada roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisida ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi;  

v) Ushbu turar joy/kvartirada roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisida Davlat xizmatlari markazi yoki www.my.gov.uz rasmiy veb-saytidan olingan maʼlumotlar.

Birlamchi bozordan Yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydagi kvartira sotib olinganda:

5. Investitsiya shartnomasi;

6. Kredit hisobiga sotib olinayotgan obʼekt joylashgan koʼp qavatli turar-joy yoki yakka tartibdagi turar-joy binosini qurish uchun vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (hokimning qarori va boshqalar);
7. Kreditni vaqtincha ta’minlash bo’yicha turar yoki noturar joy garovi hujjatlari;

Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Kredit shartnomasi
Hajmi: 32.27 КБ
Format: docx

Umumiy shartlar

Stavka foizi
29,99%
Kredit miqdori
Toshkent shahrida uy-joy sotib olish uchun – BHMning 3200 barobaridan oshmagan miqdorda, O‘zbekiston Respublikasi boshqa hududlarida - BHMning 2400 barobaridan oshmagan miqdorda
Kredit maqsadi
Birlamchi uy-joy bozoridan yakka tartibdagi turar-joy binosi yoki ko’p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun.
To'lovlar davriyligi
Har oyda
To'lov usuli
Differensial, Annuitet
Kredit muddati
144 oy
Kreditni rasmiylashtirish usuli
bank ofisi
Imtiyozli davr
Ha (12 oy)
Kreditingizni hisoblang
Iste'mol krediti kalkulyatori kreditdan foydalanish muddati uchun ustama to'lovning taxminiy miqdorini va oylik to'lovning taxminiy miqdorini hisoblash imkonini beradi.
26
%
Dastlabki badal foizini belgilang
100000
sum
Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
144
oylar
Rejalashtirilgan kredit muddatini tanlang
Ushbu hisob-kitoblar dastlabki xarakterga ega.
Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.
  • Stavka foizi
    ...%
  • O'rtacha oylik to'lov
    ... sum
  • Kreditning to'liq qiymati
    ...%
Axborot varaqasi

Sizga yordam berishdan xursandmiz

Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.

Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
(+998 71) 231-60-00
Yagona aloqa markazi
Ish tartibi: 24/7

Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.

Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.

Ko'p so'raladigan savollar

Siz uchun qulay bo'lgan istalgan vaqtda kreditlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiring
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.
image
Boshqa kreditlar
Avtokredit "Birlamchi"

Avtokredit "Birlamchi"

  • Foiz stavkasi
    26,9%dan
  • Kredit muddati
    60 oygacha
Avtokredit "Ikkilamchi"

Avtokredit "Ikkilamchi"

  • Foiz stavkasi
    26,9%dan
  • Kredit muddati
    60 oygacha
Avtokredit «ROODELL»

Avtokredit «ROODELL»

  • Foiz stavkasi
    22%dan
  • Kredit muddati
    60 oygacha
Avtokredit KIA «Sonet»

Avtokredit KIA «Sonet»

  • Foiz stavkasi
    29%
  • Kredit muddati
    60 oygacha
Avtokredit «CHINA AVTO PLUS»

Avtokredit «CHINA AVTO PLUS»

  • Foiz stavkasi
    22%dan
  • Kredit muddati
    60 oygacha
Ipoteka krediti “Yangi uy”

Ipoteka krediti “Yangi uy”

  • Foiz stavkasi
    17,5%
  • Kredit muddati
    240 oygacha
Ipoteka krediti “Yangi uy - gibrid”

Ipoteka krediti “Yangi uy - gibrid”

  • Foiz stavkasi
    27%
  • Kredit muddati
    180 oygacha
Iste'mol krediti

Iste'mol krediti

  • Foiz stavkasi
    27,99%dan
  • Kredit muddati
    36 oygacha
"Muqobil energiya" iste’mol krediti

"Muqobil energiya" iste’mol krediti

  • Foiz stavkasi
    yillik 19,5%
  • Kredit muddati
    36 oy
"YUKSALISH" iste'mol krediti

"YUKSALISH" iste'mol krediti

  • Foiz stavkasi
    27,99%dan
  • Kredit muddati
    36 oygacha
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X