Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  2 Aprel 2021, 12:20

Mikroqarz – har qanday maqsad uchun kerakli mablag’ni olishning tez va qulay usuli. Ushbu zamonaviy vosita nimanidir ta’mirlash, o’qishga to’lash, davolanish, hisob-kitob qilish, yo’llanma, mebel, texnikani xarid qilish yoki qarzni shoshilinch qaytarish zarurati bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun darxol pul mablag’lari kerak bo’lgan odamlarga murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqish imkonini beradi.

Bank tomonidan mikroqarz berilishi naqd pulsiz shaklda mablag’lar plastik kartochkaga o’tkazish orqali ajratish orqali amalga oshiriladi.

Mikroqarz ushbu olinadigan mikroqarz bo’yicha har oylik to`lovni to’lash uchun yetarli bo’lgan doimiy daromadga ega jismoniy shaxslarga beriladi.

Mikroqarz «Fursat»


Maksimal summa

Ariza berilgan kundagi Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobarigacha miqdorda

Maksimal muddat

  12 oygacha

Berish shakli

"ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan so’mdagi plastik kartochkaga

Foiz stavkasi

Yillik 23%

Kerakli hujjatlar

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
  • Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat;
  • Mikroqarz ta`minoti bo’yicha hujjatlar.

Ta'minot

  • mikroqarz summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga bank talabini qondiradigan uchinchi shaxs kafilligi /sug’urta polisi yoki boshqa likvidli ta’minot;

Mikroqarz «Imkon»


Maksimal summa

50,0 million so'mgacha

Maksimal muddat

  36 oygacha

Berish shakli

"ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan so’mdagi plastik kartochkaga

Foiz stavkasi

Yillik 26,99%

Kerakli hujjatlar

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
  • Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat;
  • Mikroqarz ta`minoti bo’yicha hujjatlar.

Ta'minot

  • BHMning 75 barobaridan oshmagan miqdorda ajratilgan mikroqarz uchun – Mikroqarz miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan uchinchi shaxs kafilligi/sug‘urta polisi yoki boshqa likvidli taʼminot;
  • BHMning 75 barobaridan 150 barobari miqdorida ajratilgan mikroqarzlar uchun - Mikroqarz miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan kredit qaytmaslik havfini sug‘urtalash uchun sug‘urta polisi yoki likvidli mol-mulk garovi.
  • BHMning 150 barobaridan yuqori miqdorda ajratilgan kreditlar uchun - Mikroqarz miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk garovi.

Mikroqarz shartnomasi
Hajmi: 34.50 КБ
Format: docx

Ma'lumot uchun: bugungi kunda Bazaviy Hisoblash Miqdori summasi - 245 000 so'm


Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech