Element is not found
Jismoniy shaxslar bank hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
- hisobvaraq ochish uchun ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjat);
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).
Tijorat bankida voyaga yetmagan bolaning nomiga otasi/onasi yoki uning qonuniy vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/shaxsni tasdiqlovchi hujjat/yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/harbiy guvohnoma) hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani taqdim qilgan holda omonat ochishingiz mumkin.
Agar shartnoma shartlarida bunday imkoniyat nazarda tutilgan bo'lsa, omonat bo'yicha foizlar oldindan olinishi mumkin.
Buning uchun siz quyidagi hujjatlar to'plamini topshirishingiz kerak:
1. bank omonati shartnomasi va omonat daftarchasi (mavjud bo'lganda);
2. vasiyat qiluvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
3. notarial tasdiqlangan vasiyatnoma;
4. pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.
Davlat tomonidan omonatning hajmi va valyutasidan qat`iy nazar 100% qaytarilishini kafolatlovchi omonatlarni kafolatlash tizimi yaratilgan (omonatlarni to‘liq hajmda qaytarish kafolati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4057- sonli Farmoniga asosan kiritilgan).