Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  23 Oktyabr 2019, 11:51

cards_dopinfo_individ.jpg

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB Sizga individual dizayndagi plastic kartasining egasi bo‘lish yuzasidan betakror imkoniyatni taklif etadi.

Endi Siz kartaning old yuza tomoni uchun tasvirning biz ishhlab chiqqan turlaridan istalgan birini tanlashingiz, yoki bevosita bankimizning saytida o‘z tasviringizni    yaratishingiz mumkin.

Agar siz "ASIA ALLIANCE BANK" da kartani ochmoqchi bo'lsangiz, unga individual dizayn bilan buyurtma berishingiz mumkin.

Individual dizayndagi kartalarning chiqarilishi shartlari bilan Siz quyida tanishishingiz mumkin.

Individual dizayndagi kartalarning chiqarilishi shartlari

Individual tasvirga qo‘yiladigan talablar:
  • Fayl formati:  JPEG
  • Tasvirning maydaligi: 300 dpi
  • Faylning maksimal miqdori: 3 mb.

Кartalarda joylashtirish uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan tasvirlardan foydalanish taqiqlangan:

  • siyosiy shiorlar va ramzlar;
  • reklama materiallari (jumladan o‘z -o‘zini reklama qilish), tovarlar namunalari, tovar belgilari , shu jumladan qisqartmalar , akronimlar va/yoki istalgan turdagi ramzlar (Bankning kobrending dasturlaridan tashqari);
  • мualliflar huquqi bilan himolyalangan materiallar;
  • оmmaviy shaxslar – taniqli musiqachilar, yozuvchilar, sportchilar, boshlovchilar, va hokazolarning fotosuratlari yoki rasmlari;
  • telefon raqamlari , e-mail manzillari;
  • аntisotsial / taqiqlangan guruhlar, ozchilik guruhlarning tasviri;
  • provokatsion va jinsiy xususiyatdagi materiallar;
  • madaniy yoki diniy tuyg‘ularni haqoratlaydigan materiallar;
  • kartalar orqali tovlamachilikka sabab bo‘la oladigan istalgan turdagi tasvirlar;
  • turli, jumladan inson va fuqaroning jinsi, irqi, millati, kasbi,ijtimoiy toifasi, yoshi, tili xususidagi uyatsiz va haqoratlovchi obrazlar, o‘xshatishlar va iboralar;
  • alkogolli va spirtli mahsulotlarning istalgan tasvirlari, shuningdek tetiklashtiruvchi ichimliklar, sigaretlar, sigaralar, trubkalar, (tamaki) chekish uchun istalgan anjomlar, qurol, qimor kartalari, anjomlari, ruletka o‘yin avtomatlari, totalizatorlar, qimor o‘yinlarining boshqa belgilari tasviri;
  • bayroqlar, gerblar, ordenlar;
  • medallar, tangalar, pul belgilari, markalar, kupyuralar, jumladan qadimiy va kam ishlatiladigan pullar;
  • xalqaro to‘lov tizimi logotipini yoki "ASIA ALLIANCE BANK" ATB ning logotipini, shiningdek mijozning shaxsiy ma’lumotini o‘z ichiga olgan tasvirlar;
  • "ASIA ALLIANCE BANK" ATB va/yoki xalqaro to‘lov tizimi tomonidan bank kartasida joylashtirish mumkin emas deb tan olingan boshqa tasvirlar.

Mijoz taqdim etilgan tasvirdan foydalanish va uni tasarruf etish, jumladan, uni Bankka kartada joylashtirish uchun taqdim etish huquqiga ega ekanligini, va tasvirdan bunday foydalanish uchinchi shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini, jumladan, xususiy aqliy mulk huquqini va boshqa mulkdorlar huquqlarini buzmasligini kafolatlaydi.

Kartada joylashtirilgan tasvir mualiflik huquqining ob’ekti bo‘lgan holda, Mijoz Bankka ushbu tasvirni Kartada joylashtirish bilan bog‘lik bo‘lgan zararlarni va xarajatlarni qoplap berish majburiyatini zimmasiga oladi. Kartadan foydalanish jarayonida Bankka ishlatilayotgan tasvir mualiflik huquqining ob’ekti ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, Bank ushbu Kartani bloklash huquqiga ega.

Мijozga tayyorlangan kartani topshirish mijozning hisobraqami ochilgan Bank filialida amalga oshiriladi. Karta olinganda o‘zining yonida Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni bo‘lishi lozim. Agar Karta Mijozning ishonchli shaxsining nomiga ochiladigan bo‘lsa, ushbu ishonchli shaxsning o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kelishi shart.

Bank qabul qilingan qarorning sabablarini tushuntirmagan holda Mijozga karta chiqarishni rad etish huquqiga ega. Individual dizayndagi kartalarning chiqarilishi uchun Bankning amaldagi Tariflariga muvofiq vositachilik haqi olinadi: http://aab.uz/uz/services/tariffs/ Vositachilik haqi Bank filialida amalga oshirilishi mumkin.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3179
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech