Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Balans likvidligini samarali boshqarish va kapitalning moslik darajasini ta’minlash, Bank aktivlari va passivlarini boshqarish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga, Bankning strategik rivojlanishi va Biznes-rejasi asosiy yo’nalishlariga rioya qilish;

- Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylik, qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bir xil ijro qilinishi, Bank omonatchilari va aksiyadorlari huquqlari va mulkiy manfaatlarini himoya qilish;

- Kadrlar siyosatini realizatsiya qilish, Bank xodimlari uchun me’yoriy va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.




1972 yilda tug‘ilgan.

1995 yili Toshkent moliya institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yili “O‘zmevasabzavot” Aksiyadorlik tijorat bankining xalqaro hisob-kitoblar boshqarmasida mutaxassis sifatida boshlagan.

1995 yilining noyabr oyidan 2004 yilning iyul oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tizimida faoliyat olib bordi. Banklararo Hisob-kitob Markazi, Ichki audit Bosh boshqarmasida ishlagan, Bosh operatsion bo‘limning Xamza filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, Akademik filiali boshqaruvchisi va mazkur bankning Operatsion boshqaruvi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.

2004 yilning iyundan 2007 yilning avgustigacha “Trastbank” xususiy ochiq Aksiyadorlik-birja banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2007 yil sentyabridan 2009 yilning mayigacha “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankini Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

2009 yilning sentyabridan (tashkil etilganidan boshlab) - «ASIA ALLIANCE BANK» Aksiyadorlik Tijorat Banki Boshqaruvining Raisi.



Xakimov Umidjon Abduxalikovich

Boshqaruv Raisining birinchi O‘rinbosari
Elektron pochta: info@aab.uz
Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Bank kredit siyosatini, shu jumladan, filiallar kredit faoliyatini ijro qilish;

- Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik o’rnatish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, Bankning reyting agentliklari bilan aloqalarini tashkil qilish va o’zaro muvofiqlashtirish;
 
- Belgilangan tartibda savdo moliyalashtirish sohasidagi operatsiyalarni amalga oshirish.




1971 yilda tug‘ilgan.

1997 yili Toshkent Davlat Universitetidagi Oliy Biznes maktabini MBA dasturi bo‘yicha tugatdi. 
2002 yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tugatdi, Bakalavr. 
2011 yili London Biznes maktabini (LBS) МВА dasturi bo‘yicha tugatdi. 

Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1999 yilda boshladi. 

1999 yil noyabridan 2006 yilning oktyabrigacha “Ipak Yuli Bank” Aksiyadorlik- Innovatsiya Tijorat banki tizimida ishladi. Qimmatli qog‘ozlar va pul bozori, mikrokreditlash, kreditlash, mijozlar siyosati va marketing bo‘limlarida ishladi, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va marketing boshqarmasi Boshlig‘i lavozimida ish olib bordi. 

2001 yil dekabridan 2003 yil dekabrigacha Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha “JETRO” tashkiloti Vakolatxonasida ishladi. 
2006 yil noyabridan 2008 yil noyabridan 2008 yil noyabrigacha “ABN AMRO Bank NB Uzbekistan A.O.”da Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimida ishladi. 
2008 yil noyabridan 2011 yil noyabrgacha “Royal Bank of Scotland  NB Uzbekistan CJSC”da Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozomida ishladi. 

2011 yil dekabridan “ASIA ALLIANCE BANK” Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilindi. 

2012 yilning yanvarida “ASIA ALLIANCE BANK” Aksiyadovlik Tijorat Banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Shermatov Mansur Nigmatovich

Boshqaruv Raisining birinchi O‘rinbosari
Elektron pochta: info@aab.uz

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Bankning moliya-xo’jalik faoliyati hisobini yuritish;

- Buxgalterlik hisobini yuritish, bank aktivlari, majburiyatlari, foydalari va sarf-xarajatlari, shuningdek Bank kapitalidagi holat va o’zgarishlar to’g’risida asoslangan axborot to’plash;

- Barcha filiallarda, shu jumladan Bank OPERUda pul muomalasi bo'yicha hisobot va hisobotlarni taqdim etish;

-Bank filiallarida emissiya-kassa amaliyotlarini tashkillashtirish;

- Filiallar faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish va nazorat qilish, Bank filial tarmog’ini rivojlantirish va kengaytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.



1973 yilda tugʻilgan

1997 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini Xalqaro huquq yoʻnalishini bitirgan.

2006 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini Biznes boshqaruvi yoʻnalishini tamomlagan.

Bank sohasida mehnat faoliyatini 1997 yil boshladi.

1997 - 2006 yillarda "ASAKA" IDATB tizimida ishlagan. Yuridik boshqarmasi, Lizing operatsiyalari departamenti boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2006 - 2007 yillarda "Asaka-Trans-Lizing" MCHJ Lizing kompaniyasi direktori boʻlgan.

2007 - 2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritgan.

2011 -2013 yillarda "Oʻzsanoatqurilishbank" OATB Boshqaruv Raisining oʻrinbosari

2013 - 2016 yillarda "Oʻzavtosanoat-lizing" MCHJ lizing kompaniyasi direktori oʻrinbosari, direktor lavozimlarida ishlagan.

2016 - 2018 yillarda "O'zagrotexsanoatxolding" AJ Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2018 yilning iyulida “ASIA ALLIANCE BANK” Aksiyadorlik Tijorat Banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.




Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Chakana operatsiyalar boʻyicha ishlar tashkil etilishini;

- Bankning kredit siyosatini chakana kreditlash, shu jumladan filiallarning kredit faoliyati bo'yicha bajarilishi.








1976 yilda tug‘ilgan.

1998 yili Toshkent Moliya Institutini “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998 yili O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida mutaxassis lavozimida boshlagan.

1998 yildan 2008 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentida turli lavozimlarda ishlagan.

2008 - 2013 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Ichki nazoratni muvofiqlashtirish departamenti va keyinchalik Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boyicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi direktori vazifasida ishlagan.

2013 yil noyabridan 2017 yilning iyunigacha O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2017 yilning iyunida “ASIA ALLIANCE BANK” Aksiyadorlik Tijorat Banki Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Norkulov Obidjon Odilovich

Boshqaruv Raisi o‘rinbosari
Elektron pochta: info@aab.uz

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Bank mahsulotlarining yangi turlarini joriy qilish maqsadida bank xizmatlari bozorining marketing tahlilini amalga oshirish;

- Bank bosh ofisida va filiallarida “Ishonch telefonlari” uzluksiz ishlashini yo’lga qo’yish, fuqarolar shikoyatlari va murojaatlarini ro’yxatdan o’tkazish va o’z vaqtida ko’rib chiqish;

-Ichki me’yoriy hujjatlar fuqarolarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishiga rioya qilish sohasida qonun hujjatlarining talablariga mos kelishini;

- Valyutani almashtirish boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazoratni;

- Valyutani tartibga solish qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan nazoratni.




1984 yilda tugʻilgan.

2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda “Asaka” ATB Avtotransport filialining Kreditlash boʻlimi avtokreditlash sektori mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2005 yildan 2015 yilgacha “Asaka” ATB tizimida ishlagan. Pul muomalasi, Valyuta ayirboshlash operatsiyalari, Eksport-import va ayirboshlash operatsiyalari boʻlimlarida ishlagan, Kreditlash boʻlimi boshligʻi, shuningdek Mini-bank boshligʻi lavozimlarini egallagan.

Bundan tashqari, 2011 yildan 2012 yilgachaQishloq Qurilish Bank Toshkent mintaqaviy filialida Naqd pul mablagʻlari berilishi ustidan monitoring qilish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2015 yildan 2016 yilgacha “Xalq Bank” Yakkasaroy filiali boshqaruvchisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2016 yil dekabr oyidan 2018 yil iyun oyigacha “Xalq Bank” Sergeli filialining boshqaruvchisi lavozimida ishlagan.

2018 yilning iyunida “ASIA ALLIANCE BANK” Aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv Raisining oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlangan.






Sharipov Dilmurod Pulatovich

Bosh hisobchi – Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasi Boshlig‘i
Elektron pochta: info@aab.uz

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Bankda buxgalterlik hisobini to’g’ri tashkil qilish va Bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Hisobga olish (uchyot) siyosatini amalga oshirish;

- Buxgalterlik hisobi va hisobotlari tashkil qilinganligini tekshirish, xodimlar bilan buxgalterlik hisobi, nazorat, hisobdorlik va iqtisodiy tahlil masalalari bo’yicha o’z vaqtida instruktajlar o’tkazish;

- Soliqlar hisoblab yozilishi, ularning o’z vaqtida to’lanishi va soliq organlariga hisobotlar taqdim qilinishi ustidan nazorat;

- Qonun talablariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.



1981 yilda tug‘ilgan

2002 yili Toshkent Moliya Institutini “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2002 yilda “O‘zsanoatqurilishbanki” OATBda Ichki audit Boshqarmasining 1- toifali mutaxassisi lavozimidan boshladi.
2003 yildan 2005 yilgacha ichki audit Departamenti Moliyaviy va operatsion audit Boshqarmasida yetakchi va bosh mutaxassis lavozimida ishladi.

2005 yilning aprelidan 2009 yilning fevraligacha ichki audit Departamenti auditorlik tekshiruvlarini monitoring qilish, rejalashtirish va nazorat qilish Boshqarmasida Monitoring bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishladi.
2009 yilning fevralidan 2010 yilning avgustigacha “O‘zsanoatqurilishbanki” OATB Ichki nazorat Boshqarmasi boshlig‘I lavozimida ishladi.

2010 yilning avgustidan 2011 yilning apreligacha “O‘zKDB” O‘zbek-Koreya Banki YOAJda Bosh hisobchi lavozimida ishladi.
2011 yilning aprelidan 2011 yilning setyabrigacha “O‘zsanoatqurilishbanki” OATBda Tavakkalchilikni boshqarish va kredit portfelini monitoring qilish Boshqarmasi boshlig‘I lavozimida ishladi.   

2011 yilning sentyabrdan “ASIA ALLIANCE BANK”  Aksiyadorlik Tijorat Bankida Bosh hisobchi lavozimida ishlab kelmoqda.



Daniyelyan Gayane Feliksovna

Yuridik Boshqarmasi Boshlig‘i
Elektron pochta: info@aab.uz

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Bank rahbariyatiga imzolash uchun taqdim qilinadigan huquqiy xususiyatli hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar va huquqiy xususiyatli boshqa hujjatlar) loyihalari bo’yicha xulosalarni qonunlarga muvofiqligi yuzasidan tekshirish, tasdiqlash va taqdim qilish;

- Bank tomonidan eng kam ish haqining ikki yuz baravar miqdoridan yuqori bo’lmagan summada tuziladigan shartnomalar loyihalarini tasdiqlash, mazkur shartnomalar loyihalari qonun talablariga javob bergan holatlardagina;

- Filiallar yuridik xizmatlarini nazorat qilish va ularga amaliy yordam ko’rsatish, ularning amaliy faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo’yicha tushuntirishlar berish;

- Bankning sudlarda va boshqa muassasalarda mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;

- Bank va uning tarkibiy bo’linmalari mulklari yaxshi saqlanishini ta’minlash bo’yicha huquqiy ishlarni tashkil qilish.

- Boshqarma vakolatlari doirasidagi boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



1979 yilda tug‘ilgan.

2000 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yili Respublika savdo-ko‘rgazma mazkazi “O‘zekspomarkaz”da xalqaro va milliy ko‘rgazmalar bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2001 yildan 2009 yilgacha «Uzprommashimpeks» (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi) Davlat aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida Huquqiy bo‘limning birinchi toyfali huquqiy maslahatchisi, huquqiy bo‘limning etakchi huquqiy maslahatchisi, Huquqiy bo‘limning bosh huquqiy maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bordi.

2009 yilning senyabrdan (ochilganidan boshlab) – «ASIA ALLIANCE BANK» Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki Huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2012 yilning mayidan - «ASIA ALLIANCE BANK» Aksiyadorlik Tijorat Banki Yuridik Boshqarmasi Boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.



Valyuta kurslari

12.11.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9490.77
1 EUR = 10455.03
1 RUB = 148.82
1 GBP = 12119.71
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech