Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта

VISA GOLD xalqaro korporativ bank plastik kartalarini chiqarish va xizmat ko'rsatish bo’yicha vositachilik haqi tariflari

2.1. VISA GOLD xalqaro korporativ bank plastik kartalarini chiqarish va xizmat ko'rsatish bo’yicha vositachilik haqi tariflari

Xizmatning bayoni VISA GOLD USD/UZS Qo’shimcha shartlar
2.1. Bank kartalarini chiqarish
2.1.1. Asosiy/qo'shimcha VISA GOLD korporativ plastik kartasini chiqarish 250 000 so'm (QQS bilan) Komissiya kartani chiqarishdan oldin to'lanadi. Karta 3 yil muddatga chiqariladi.
2.1.2. Mijozning arizasiga binoan karta yo'qolgan, ishdan chiqqan, amal qilish muddati tugagan kartani qayta chiqarish. 250 000 so'm (QQS bilan) Mijoz bergan arizasi bilan bir vaqtning o'zida to'lanadi
2.2. Bank karta hisobvarag'ini yuritish:
2.2.1. Karta hisobvarag`iga yillik xizmat ko`rsatish 250 000 so'm (QQS bilan) Komissiya mijoz tomonidan ariza topshirish bilan bir vaqtda to'lanadi. Kartani muddatidan oldin yopgan taqdirda, yiliga to'lanadigan xizmat haqi qaytarib berilmaydi.
2.2.2. Sug`urta depoziti 200 $ / 2 000 000 so'm Sug`urta depoziti mijozning karta hisobvarag`idagi mablag`lari hisobidan shakllanadi. Sug`urta depoziti mablag`laridan foydalanish taqiqlanadi.
2.2.3. Karta hisobvarag'iga naqd pulsiz pul o'tkazish yo'li bilan kartani to'ldirish bepul
2.2.4. Mijozning arizasiga asosan kartani bloklash bepul
2.2.5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to'lov 0
uchinchi tomon bankining komissiyasini hisobga olmagan holda




2.2.6. Mijozning arizasiga binoan bankning ilova xati bilan karta hisobvarag`i holati to`g`risida ma’lumotnoma berish 250 000 so'm (QQS bilan)
2.2.7. Mijozning arizasiga asosan bank kartalari bo`yicha muammoli opearatsiyalarni va o`tkazilgan operatsiya bo`yicha noroziliklarni ko`rib chiqish   har bir munozarali operatsiya ko'rib chiqish uchun 150 000 so’m (QQS bilan)







2.2.8. Axborot xizmatini taqdim etish: Amalga oshirilgan amaliyotlar bo`yicha SMS xabar yuborish, shaxsiy kabinetga kirishga ruxsat berish bepul
2.2.9. 3D-Secure xizmatini ulash bepul

Maxsus shartlar:

O'zbekiston Respublikasi hududida korporativ kartadan foydalangan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to'lovlarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi (havo va temir yo'l chiptalariga haq to'lashdan tashqari - TSP-4511 va 4722 MCC kodlari).

Ushbu bank tariflari kartalarni ishlatish joylarida to'lovlarni qabul qiluvchi banklar tariflarini hisobga olmaydi.


Tariflarni qo'llashning umumiy shartlari:

Yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar, agar alohida holatlar ko'rsatilmagan bo'lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, doimiy muassasalarga, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalariga, davlat korxonalariga, tashkilotlarga va boshqa muassasalarga xizmat ko'rsatishda ham qo'llaniladi.

Agar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlariga muvofiq vositachilik haqining boshqa miqdori yoki vositachilik haqini undirmaslik belgilanadigan bo'lsa, unda ushbu me'yoriy hujjatlarda belgilangan miqdorlar va shartlar qo'llaniladi.





Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X