Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin eʻlon qilinganligi, mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligi hamda ularning kredit to`lovlari bilan bog`liq yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklarini inobatga olgan holda “ASIA ALLIANCE BANK” ATB quyidagilarni ma`lum qiladi:

  • Jismoniy shaxslarga ajratilgan 2020-yil 1-aprel holatiga kredit qoldig`i 100 million so`mgacha bo`lgan barcha kreditlar (overdraft kreditlari bundan mustasno) bo`yicha joriy yilning aprel, may (mart oyining toʻlanmasdan qolgan qismi mavjud bo`lgan taqdirda mart va aprel oylari) oylaridagi kredit to`lovlariga imtiyozli davr beriladi;

  • Imtiyozli davr mobaynida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar uchun hech qanday jarima va penya hisoblanmaydi;

  • Imtiyozli davrda to`lanmagan kreditning asosiy qarzi imtiyozli davrdan keyingi kredit to’lovlariga taqsimlanadi.

  • Imtiyozli davrda kredit uchun hisoblangan foizlar imtiyozli davr tugagandan so`ng 2020 yil oxiriga qadar teng taqsimlangan holda qaytariladi.

Shu bilan birga mijoz imtiyozli davr tugagandan so`ng 10 (o`n) bank ish kuni ichida Bank bilan tuzilgan kredit shartnomasiga kiritiladigan o`zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirishi lozim.