Hurmatli Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi «Afsona» bank xizmatlari markazi mijozlari!

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB 2024 yil 4 aprelda Bank Boshqaruvi qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, O’zbekiston ko’chasi, Do‘stlik mahallasida joylashgan «Afsona» bank xizmatlari markazi yopilishi haqida sizni xabardor qiladi. 

Bank «Afsona» bank xizmatlari markazi mijozlari oldidagi barcha majburiyatlari boʻyicha toʻliq hajmda, shu jumladan, BXM yopilgandan keyin ham javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. «Afsona» bank xizmatlari markazi bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquq va majburiyatlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi. 

«Afsona» bank xizmatlari markazi muassasasi mijozlarining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish u yopilgandan so‘ng 180001, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov va X.Jo‘rayev ko‘chalari kesishmasida joylashgan “Qarshi” mintaqaviy bank xizmatlari ofisiga o‘tkaziladi. 

+998 (71) 231-60-00 yoki 1270 qisqa raqami orqali savollaringizga javob berishga tayyormiz. 

Hurmat bilan, SIZNING «ASIA ALLIANCE BANK» ATB