“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2018-yil 5-oktyabr soat 16:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 15:30 dan 16:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;

2. Bank foydasini taqsimlash

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2018-yil 28-sentyabr operatsion kun yakunidagi holat bo’yicha tuziladi.

Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a. Tel.: 71 231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.

Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbat tashqari tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi