Islamic Finance News (IFN) mustaqil ekspertlar guruhi har yili islomiy moliya sohasida “Yil bitimi” nominatsiyasi bo’yicha tashkilotlarni taqdirlaydi. 2023-yil yanvar oyida ASIA ALLIANCE BANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan mavjud moliyalashtirish doirasida muvaffaqiyatli yakunlangan bitim uchun ushbu nufuzli nashrdan mukofot oldi. 16-mart kuni BAAning Dubay shahrida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va unda ASIA ALLIANCE BANK “Yil bitimi” mukofoti bilan taqdirlandi.

Batafsil ma'lumot Islamic Finance News (IFN) da chop etilgan: https://www.islamicfinancenews.com/daily-cover-story-ifn-best-banks-poll-2022-country-reveals-best-local-islamic-banks-introduces-new-categories.html