Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 19897
  • Yangilash: 1 Avgust 2023, 12:54

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga kredit ajratish

ASIA ALLIANCE BANK” ATB, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi kreditlarni taklif etadi.

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga ajratiladi:

  • Savdo, vositachilik va xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun va sanoatning boshqa sohasida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalarning aylanma mablag’larni shakllantirish va to’ldirishga - 24 oy muddatgacha;

  • Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa yo’nalishlardagi loyihalar uchun bino va inshoatlarni qurish, sotib olish, qayta ta’mirlash, texnikalar, texnologiyalar, uskuna va qurilmalar, transport vositalar va boshqalarni sotib olish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish maqsadidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun – 36 oygacha. Loyiha xususiyatlari hamda loyihaning o`zini o`zi qoplash muddatlariga ko`ra kredit muddati uzoqroq muddatga o`rnatilishi mumkin.

Kredit miqdori - kreditlanadigan loyiha shartlari va hususiyatlaridan kelib chiqqan holda mablag’larga bo’lgan ehtiyoj va mijozning kreditga layoqatliligi hamda loyihaning o’zini o’zi qoplash ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.

Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda qarz oluvchi loyiha qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o’z mablag‘lari (ulushi) bilan ishtirok etishi lozim.

Kreditlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun – xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish, xizmatlar va bajarilgan ishlarga haq to’lash, tovarlar zahirasini to’ldirish, mahsulotlar turini kengaytirish, mavsumiy xaridlarni va xarajatlarni amalga oshirish, biznesni kengaytirish va h.k.
  • Investitsion loyihalar uchun - turli maqsaddagi uskuna va jihozlar, yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, biznesda qo’llaniladigan boshqa asosiy vositalarni sotib olishga, ko’chmas mulkni sotib olish, qurish, qayta ta`mirlash va va h.k.

Kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi - xavf - xatar darajasi, moliyalashtirish manbalari va kredit resurslarining bahosi, shuningdek loyihani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa omillar qiymatidan kelib chiqqan holda har bir loyiha bo`yicha alohida belgilanadi.

Kredit ta’minoti - umumiy kredit miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan qiymatda bank talablarini qondiruvchi (ko‘chmas mulk, asbob - uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari va boshqalar) garov ta’minoti.

Qarz oluvchi krеdit olish uchun xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- Kredit arizasi (arizada so’ralayotgan krеdit maqsadi, miqdori, muddati, shuningdеk krеdit ta’minoti bilan bog`liq ma’lumotlar);

- Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari, kreditni rasmiylashtirish va garov ta`minotini taqdim etish bo`yicha kerakli hujjatlar to`plami;

- Loyihani moliyalashtirish tadbirlari hamda pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznеs-rеja yoki hisob kitoblar;

- Qarz oluvchining hisobot davrlari uchun moliyaviy hisobotlari (buxgaltеriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot);

- Krеdit ta’minoti yuzasidan hujjatlar;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda "Yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar.

- Kredit turi - Kredit liniyasi ochmasdan;

- Krеdit maqsadi – iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda "Yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarini amalga oshirish uchun;

- Kredit oluvchilar - faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari (Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar);

-  Kredit valyutasi - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so‘mda;

-  Krеdit miqdori - kreditlanadigan loyiha shartlari va hususiyatlaridan kelib chiqqan holda mablag’larga bo’lgan ehtiyoj va mijozning kreditga layoqatliligi hamda loyihaning o’zini o’zi qoplash ko’rsatkichlari asosida belgilanadi;

- Foiz stavkasi - Markaziy Bank asosiy stavkasi + 7%;

- Krеdit muddati - 60 oy va undan yuqori bo’lgan muddatga;

- Imtiyozli davr - 6 oygacha;

- Krеdit ta’minoti - “ASIA ALLIANCE BANK” ATB tizimida kreditlar va unga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha garovlarni tanlash va qabul qilish tartibi” talablariga muvofiq ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlari;

- Kreditlashda talab etiladigan hujjatlar - “ASIA ALLIANCE BANK” ATB tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kreditlash to‘g’risida”gi Nizom talablariga muvofiq hamda boshqa me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar.

Loyiha xususiyatlaridan hamda moliyalashtirish shartlaridan kеlib chiqib qo’shimcha hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishi mumkin.

Kafillik shartnomasi
Hajmi: 414.88 КБ
Format: pdf

Kredit shartnomasi (kredit liniyasi ochmasdan)
Hajmi: 850.75 КБ
Format: pdf



Kredit arizasi


Select date in calendar

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X