Bankda quyidagilardan iborat korporativ boshqaruv tuzilmasi faoliyat yuritadi:
1. Bank boshqaruv organlari:
Aksiyadorlar umumiy yig`ilishi – Bank oliy boshqaruv organi.
Bank Kengashi - Bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonunchilik va Bank Ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal qilish - bundan istisno. Bank Kengashi huzurida quyidagi ikkita qo`mita faoliyat yuritadi:
- Auditorlik qo’mitasi. Audit bo’yicha qo’mitaning vazifalari: mustaqil auditorlar nomzodlarini Bank Kengashi tomonidan ko’rib chiqilishi uchun taqdim etish; mustaqil auditorlar bilan aloqada turuvchi shaxs sifatida xizmat qilish auditorlik tekshiruvlarining hisobotlarini olish va ko’rib chiqish; Bank Kengashi oldida auditorlardan olingan ma’lumotlar bo’yicha hisobot berish.
- Xatarlar nazorati qo’mitasi. Bank xatarlarini nazorati bo’yicha qo’mitaning vazifasi Bankning moliyaviy ahvoliga xatarlarning, ya’ni Bank faoliyatida yuzaga keladigan kredit, valyuta, foizlar, operatsion va boshqa xatarlarning ta’sirini kuzatish, Bank tomonidan ushbu xatarlarni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rish va hisobga olishdan iborat.
Bank boshqaruvi – Bankning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va Bank Kengashi vakolatlariga kiritilgan masalalar bo`yicha qaror qabul qilish huquqiga ega emas.
2. Bank ichki nazorati:
Taftish komissiyasi – Bankning moliyaviy faoliyatini, shu jumladan yirik va affilangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarni nazorat qiladi.
Ichki audit boshqarmasi – Bank boshqaruvi va uning tuzilmasini ular tomonindan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ta’sis va ichki hujjatlarga rioya etilishi, buxgalteriya va moliya hisobotlarda ma`lumotlarning to’liq va ishonchli aks ettirilishi, xo`jalik operatsiyalarni amalga oshirish qoida va tartibi, aktivlar butligi hamda korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etilishini ta’minlanishi bo`yicha tekshirishlar va monitoring o`tkazish orqali nazorat qilish va baholash bo`yicha ichki audit funksiyalarini amalga oshiradi.
Korporativ maslahatchi – Bankda korporativ qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.
- Ashurov Zufar Abdulloyevich – Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi direktor o`rinbosari (mustaqil a’zo);
- Norinbayev Oybek Kabiljanovich – O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o`rinbosari;
- Nuritdinov Nadirjan Izzatillayevich – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktor o`rinbosari;
- Ortikov Akmalхon Juraxonovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;
- Tursunov Doston Rustam o`g`li – O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig`i.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi to’g’risida Nizom”ning 6.7 bandiga asosan Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarori bo'yicha Bank kengashi a'zolariga ular o'z majburiyatlarini ijro etgan davr uchun mukofot to'lanilishi mumkin. Bank kengashi a'zolariga mukofot to'lash to'g'risidagi qaror mustaqil tashkilot tomonidan tasdiqlangan korporativ boshqaruv tizimining qoniqarli bahosi va Bank faoliyati moliyaviy natijalarining ijobiy ko'rsatkichlari mavjud bo'lganda qabul qilinishi mumkin.
Ergashev Alisher Raxmatillayevich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bosh mutaxassisi
Tug’ilgan yili |
1974-yil |
Tug’ilgan joyi |
O`zbekiston |
Ma’lumoti |
1999-yilda Samarqand kooperativ instituti, 2003-yil O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan |
Mutaxassisligi |
Moliya va kredit, Bank ishi |
Mehnat staji |
1999-yildan |
Qahhorov Azizjon Axror o`g`li – “UzAssets” AJ boshqaruv raisi o`rinbosari v.b.
Tug’ilgan yili |
1992-yil |
Tug’ilgan joyi |
O`zbekiston |
Ma’lumoti |
2012- yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan |
Mutaxassisligi |
Moliya |
Mehnat staji |
2012-yildan |
Baxtiyorov Humayun Bobur o`g`li – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ichki nazorat va komplayens xizmati boshlig`i
Tug’ilgan yili |
1994-yil |
Tug’ilgan joyi |
O`zbekiston |
Ma’lumoti |
2016-yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filialini tamomlagan |
Mutaxassisligi |
Korxona va tashkilotlar iqtisodiyoti |
Mehnat staji |
2016-yildan |
Alixanov O’ktam Xakimovich
Ish joyi va lavozimi |
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasi boshlig’i |
Tug’ilgan yili |
1973 |
Tug’ilgan joyi |
O`zbekiston |
Ma’lumoti |
Oliy, 1995 yilda Toshkent moliya institutini; 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan Moliya va kredit; Bank ishi |
Mutaxassisligi |
Moliya va kredit; Bank ishi |
Mehnat staji |
1995 yildan |
Egallab turgan lavozimda mehnat staji |
2011 yildan |
Umarov Rustam Farmonovich
Ish joyi va lavozimi |
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasining buxgalteriya va amaliyot nazorati tizimlarining adekvatligi bo’lim boshlig’i |
Tug’ilgan yili |
1973 |
Tug’ilgan joyi |
O`zbekiston |
Ma’lumoti |
Oliy, 1997 yilda Toshkent moliya institutini; 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan (magistr) |
Mutaxassisligi |
Buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati naorati va tahlili; Bank ishi |
Mehnat staji |
1987 yildan |
Egallab turgan lavozimda mehnat staji |
2012 yildan |
Baygildin Ildar Gumerovich
Ish joyi va lavozimi |
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasining moliya hisoboti va bank amaliyotlari auditi bo’lim boshlig’i |
Tug’ilgan yili |
1956 |
Tug’ilgan joyi |
O`zbekiston |
Ma’lumoti |
Oliy, 1997 yilda Toshkent temiryo’l transport muhandislari institutini tamomlagan |
Mutaxassisligi |
Buxgalteriya hisoboti |
Mehnat staji |
1977 yildan |
Egallab turgan lavozimda mehnat staji |
2011 yildan |
Abdukaxorov Ikram Abduxalikovich;
Boshqaruv a’zolari:
- Xakimov Umidjon Abduxalikovich – Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari;
- Xajimuratov Sherzod Yuldashevich – Boshqaruv Raisi o‘rinbosari;
- Norkulov Obidjon Odilovich - Boshqaruv Raisi o‘rinbosari;
- Xodjaev Ravshanjon Rustamovich - Bosh hisobchi – Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasi boshlig`i;
- Daniyelyan Gayane Feliksovna – Yuridik boshqarmasi boshlig‘i;
- Sadirov Durbek Meylijonovich – G`aznachilik boshqarmasi boshlig‘i.
Boshqaruv Raisi va boshqaruv a’zolariga mehnat haqi, shu jumladan mukofot va kompensatsiyalar to`lanishi O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va kollektiv shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda Boshqaruv Raisi va boshqaruv a'zolariga Bank boshqaruv kollegial organlariga a’zoliklari uchun qo`shimcha haq to`lanmaydi.