Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 1959
  • Yangilash: 5 Avgust 2022, 15:25

Lizing

Lizing - ijara munosabatlarining alohida turi bolib, bunda bir tomon (lizing beruvchi - Bank) boshqa tomonning topshirig’i (lizing oluvchi) asosida uchinchi tomondan (sotuvchi) lizing shartnomasiga asosan lizing obyektini sotib oladi va on ikki oydan ortiq bolgan muddatga shartnomada korsatilgan tolov asosida uni lizing oluvchiga taqdim etadi.

Lizing obyekti bolib, bino va inshootlar, asbob - uskunalar, texnikalar, transport vositalari, qishloq xojaligi uskunalari, qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi ishlab chiqarish vositalari hamda tadbirkorlik faoliyatida qollaniladigan boshqa kochmas mulklar xizmat qilishi mumkin. Lizing obyekti bolib, yer va boshqa tabiiy obyektlar shuningdek, qonun bilan erkin oldi-sotdisi taqiqlangan yoki alohida tartib ornatilgan obyektlar xizmat qila olmaydi.

Lizing xizmatlari faqatgina bankda asosiy hisob raqamga ega bolgan mijozlarga korsatiladi. Lizing xizmatlari moliyaviy barqaror yuridik shaxs maqomiga ega bolgan mijozlargagina taqdim etiladi. Lizing oluvchining moliyaviy barqarorlik darajasi xojalik subyektlarining kreditlash jarayonida amalga oshiriladigan shartlar asosida tekshirib baho beriladi.

Lizing xizmatlarining asosiy shartlari:

  • Lizing muddati - loyihaning o’zini-o’zi qoplash muddatidan kelib chiqqan holda;

  • Foiz stavkasi - xavf-xatarlilik darajasi, moliyalashtirish manbalari va loyihaning amalga oshirilishiga bog’liq bo’lgan boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • Lizing miqdori - lizing ajratilayotgan tadbirning ehtiyojidan kelib chiqqan holda;

  • Ta’minot - umumiy lizing miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan bank talablarini qondiruvchi (ko’chmas mulk, asbob - uskunlar, transport vositalari, pul mablag’lari va boshqalar) garov ta’minoti.

Lizing loyihasini ko’rib chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • Lizing olish uchun ariza;

  • Lizing obyektining texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi haqida ma’lumotlar;

  • Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari;

  • Qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • Qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushimlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja;

  • Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar tog’risida hisobot (2-son shakl);

  • To’qson kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari.

Ushbu hujjatlar royhati lizing xizmatlarini korsatish uchun yetarli bolmagan taqdirda bank hodimlari tomonidan qoshimcha hujjatlar talab qilinish mumkin.

Lizing shartnomasi
Hajmi: 1.70 МБ
Format: pdf
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X