Sahifa yangilangan sana:
11 Noyabr 2020, 10:47

“ASIA ALLLIANCE BANK” ATBning amaldagi tashkiliy tuzilishi 2020-yil 10-sentyabrdagi yagona aksiyador qarori bilan tasdiqlangan.
Bank boshqaruvi huzuridagi qo`mitaning va Bank Kengashi huzuridagi boshqarmalarning tashkil etilishi bank faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari, xususan, Bankning amaldagi moliya-xo`jalik faoliyatiga kiruvchi ayrim masalalarni kollegial tarzda o`rganib chiqish zaruriyati bilan bog`liq.
Bank tashkiliy tuzilishida aksiyadorlar bilan korporativ munosabat boshqarmasi yo`qligi ushbu boshqarma vazifalarini bajaruvchi G`aznachilik boshqarmasining Qimmatli qog`ozlar bilan ishlash bo`limi mavjudligi bilan bog`liq.
Ichki audit xizmati vazifalari Bank Kengashi huzuridagi Ichki audit boshqarmasiga yuklatilgan.