Biz yakka tartibdagi bank seyflari saqlanadigan omborni yacheyka ichida saqlanayotgan narsalarning to‘laligicha daxlsizligini ta’minlovchi zamonaviy texnik vositalar bilan jixozladik. Bank seyflarini ijaraga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutiladi, qimmatlikni seyfga joylashtirishda joylashtirilayotgan buyumlarning ro‘yxati tuzilmaydi, Sizning o‘zingiz mustaqil tarzda qimmatliklar bilan ishlarni amalga oshirasiz.
Bank tomonidan yakka tartibdagi yacheyka ichidagilarning maksimal darajadagi xavfsizligini ta’minlanishida xotirjam bo‘lishingiz mumkin.
Boshqa shaxslar tomonidan (jumladan, bank xodimlari) qimmatliklardan foydalanishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Seyf kaliti faqat Sizdagina bo‘ladi.
Seyfli yacheykalarning o‘lchamlari
Turi |
O‘lchamlari, mm |
||
Balandligi |
Kengligi |
Chuqurligi |
|
"A" |
75 |
310 |
435 |
"B" |
125 |
310 |
435 |
"V" |
300 |
310 |
435 |
"G" |
475 600 |
310 310 |
435 435 |
Jismoniy shaxslar uchun seyfli yacheykalarni ijaraga olish uchun
Seyf-yacheyka turi |
Ijara haqi bir oy muddatga |
Garov summasi |
"А" tur |
EKOIHning 15% |
1,5 х EKOIH |
"B" tur |
EKOIHning 25% |
1,5 х EKOIH |
"V" tur |
EKOIHning 35% |
1,5 х EKOIH |
"G" tur |
EKOIHning 50% |
1,5 х EKOIH |
Uzoq vaqt davomida uzluksiz ijaraga olinganda 1 yil tugashi bilan keying yul uchun kamida 1 yullik muddatga shartnoma tuzish vaqtida shartnoma summasining 20% hajmida chegirma o‘rnatiladi.
Jarimalar
Mijoz tomonidan seyfli yacheyka kaliti yo‘qotilganligi (qaytarilmaganligi) uchun |
EKOIHning 50% + qulf yoki kalitni tiklash uchun qilinadigan harajatlar |
Mijozning aybi bilan seyfli yacheykaning buzilganligi uchun |
EKOIHning 50% + qutichalarni ta’mirlash uchun qilinadigan harajatlar |
Mehnat ta’tiliga chiqqan yoki xizmat safariga ketayotgan yoki shunchaki xonadoningizda mavjud bo‘lgan
Qimmatliklarning saqlanishidan xavotir olgan hollarda Siz bankimizdagi yakka tartibdagi seyfli yacheykalardan foydalanishingiz mumkin.
Bank seyfida naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli metallar va toshlar, zargarlik buyumlari, shaxsiy hujjatlar, antikvar buyumlar, yodgorliklar, san’at asarlari, electron ma’lumotlarni saqlash qurilmalari va boshqa qimmatliklar- umuman olganda o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan va boshqalarning ko‘ziga tushishidan saqlamoqchi bo‘lgan istalgan narsalarni saqlash mumkin.
Seyfli yacheykaga buyumlarni joylashtirish va u erdan buyumlarni olish hamda ular bilan ishlash mijoz tomonidan bank xodimining nazoratisiz amalga oshiriladi.
Bank seyfning saqlanishi va daxlsizligi bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi hamda mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sir tutilishini kafolatlaydi.