Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 3961
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Kafolat va kafilliklar

Bank kafolati bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko’ra kafil o’z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq, prinsipalning kreditori (benefisiar) pul to’lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga (benefisiarga) to’lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyatidir.

Kafolat quyidagi maqsadlarga beriladi:

  • To’lov kafilligi;

  • Bo’nak to’lovlarini qaytarish kafilligi;

  • Majburiyatlarni bajarish kafilligi;

  • Muddati uzaytirilgan bojxona to’lovlari uchun kafolat;

  • Tender savdolarida ishtirok etish uchun kafolat;

  • Qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun kafolatlar.

    Taqdim etish shartlari:

  • Kafolatni taqdim etish bo’yicha bank komissiyasi - bank tariflariga muvofiq;

  • Kafolat ta’minoti - umumiy kafolat miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan bank talablarini qondiruvchi (ko’chmas mulk, asbob - uskunlar, transport vositalari, pul mablag’lari va boshqalar) garov ta’minoti.

    Kafolat olish uchun prinsipal tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:

  • Kafolat arizasi;

  • Kafolatdan foydalanishning butun davrini o’z ichiga olgan pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznеs-rеja yoki hisob kitoblar;

  • Qarz oluvchining hisobot davrlari uchun moliyaviy hisobotlari (buxgaltеriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot);

  • Kafolat ta’minoti yuzasidan hujjatlar;

    Ushbu hujjatlar ro’yxati bank kafolatini taqdim etish uchun yetarli bo‘lmagan holda bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X