Kredit karta - bu bankning kredit mablag'lari hisobidan tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lovni amalga oshirishda foydalanilish mumkin bo'lgan bank kartasi.
Kredit karta xuddi debet karta kabi istalgan joyda (do'konlar, kafelar, restoranlar va boshqalar) hisob-kitobni amalga oshirish, har qanday tovarlar, ish yoki xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish imkonini beradi. Siz kredit kartadan naqd pul olishingiz, pulni xorijiy valyutaga almashtirishingiz, shuningdek, onlayn to'lovlar uchun foydalanishingiz mumkin. Foizlar faqat kredit kartaning ruxsat etilgan limitiga emas, balki amalda foydalanilgan mablag'larga hisoblanadi.
Kredit karta limiti yangilanishi mumkin, ya'ni qarz oluvchi tomonidan to'langan kreditning bir qismi yana qarzga olinishi mumkin.
Kredit karta «Qulay Hamyon»
Kredit karta limiti miqdori | 100.0 (yuz) million so’mdan oshmagan miqdorda |
Kredit karta muddati | 60 oy muddatga |
Kredit karta limiti kamayishi bo’yicha imtiyozli davr | 12 oygacha |
Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar |
O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan, 18 yoshga to’lgan, shuningdek ish haqi ko’rinishidagi oylik rasmiy daromadiga ega bo’lgan jismoniy shaxs. |
Ajratish shakli | “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan so’mdagi plastik kartochkaga |
Foiz stavkasi |
12 oy muddatgacha – 27,99 %; 36 oy muddatgacha – 33,00 %; 48 oy muddatgacha – 33,5 %; 60 oy muddatgacha – 34,00 %. |
Kredit kartani chiqarish | Bepul |
Kerakli hujjatlar |
А) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.) Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Bunda daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin. |
Ta'minot |
· 25 000 000.0 (yigirma besh million) so’mdan oshmagan miqdorda ajratiladigan kredit karta uchun – kredit miqdorining 125% dan kam bo’lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan uchinchi shaxs kafilligi/sug’urta polisi yoki boshqa likvidli mol-mulk garovi; · 25 000 000.0 (yigirma besh million) so’mdan 100 000 000.0 (yuz million) so’mgacha bo’lgan miqdorda ajratiladigan kreditlar uchun – kredit miqdorining 125% dan kam bo’lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan kredit qaytmaslik xavfini sug’urtalash bo’yicha sug’urta polisi yoki likvidli mol-mulk garovi; Kredit miqdorining 125% dan kam bo’lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan sug’urta polisi. |
Qo’shimcha shartlar |
· Chakana kredit mahsulotini olishni istagan Qarz oluvchi, kredit karta olish uchun ariza berganida, oxirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz ishlagan bo’lishi lozim; · Qarz oluvchining sof daromadi BHMning 6 barobaridan kam bo’lmasligi lozim; · Qarz oluvchining o’rtacha oylik sof daromadining 50% kredit bo’yicha eng yuqori oylik to’lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo’yicha o’rtacha oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi lozim. |
Umumiy shartlar
Stavka foizi
27,99%dan
Kredit miqdori
100 million so'mgacha
Kredit maqsadi
Jismoniy shaxslar uchun Overdraft
To'lovlar davriyligi
Har oyda
To'lov usuli
Differensial
Kredit muddati
60 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
-
Imtiyozli davr
Ha (12 oygacha)
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
Yagona aloqa markazi
Ish tartibi: 24/7
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Umumiy ma'lumot
Siz uchun qulay bo'lgan istalgan vaqtda kreditlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiring
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.
Boshqa kreditlar