Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 08.02.2023-yilda 3420-son bilan ro‘yxatga olingan) 17-bandiga asosan norezident jismoniy shaxslar uchun bank hisobvaraqlari ochilishi yagona identifikator - jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) asosida amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan sizdan JSHSHIRni Davlat xizmatlari markazlarida olishingizni so‘raymiz.