Hurmatli mijozlar, so‘nggi paytlarda banklar nomidan firibgarlik holatlari ko‘payib borayotganiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.


Telegram foydalanuvchilari Asia Alliance Support xizmatidan mablag‘laringizning «xavfsizligini ta’minlash» bahonasida karta ma’lumotlari (raqami va amal qilish muddati), CVV kodi va tasdiqlash kodlarini so‘ralgan turli xabarlar olmoqdalar.

Sizdan iltimos qilamiz kartangiz ma’lumotlarini notanish shaxslarga aytmang, hatto ular o‘zlarini bank vakillari deb tanishtirsalar ham. Asia Alliance Support ASIA ALLIANCE BANK’ning manfaatlarini ifodalamaydi.

 Havola orqali o‘ting va rasmiy Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/asiaalliancebank

Ogoh bo‘ling!