So`ngi paytlarda tez-tez firibgarlik sodir etilayotganligi sababli, Internet va mobil banking dasturlari orqaliy Plastik kartalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini yodda tutish va rioya qilishingizni so`raymiz

• kartangizdagi PIN-kodni begona shaxslarga oshkor qilmang;

• tasdiqlovchi SMS-kodni hech kimga oshkor qilmang;

• pul mablag'larini shubhali shaxslarga o'tkazmang;

• karta raqamlari va amal qilish muddati ko'rsatilgan fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmang;

• agar web sayt dasturi ishonchli ulanish belgisi (yashil qulf) bo'lmasa karta ma'lumotlarini kiritmang, ishonchli internet-do'konlardan foydalaning;

• valyuta kartalari uchun Internetdagi to'lovlar xavfsizligini ta'minlash uchun 3D-Security xizmatiga ulanishni tavsiya etamiz.

• kartani yo'qotib qo'ysangiz, ruxsatsiz foydalanishni oldini olish uchun kartangizni blokirovka qilish uchun darhol Bankka murojaat qiling yoki uni mobil ilova orqali o'zingiz bloklang.

• kartani uchinchi begona shaxsga bermang;

• buzg'unchilikda gumon qilingan holatlarda, bankka yoki Ichki Ishlar Bo'limiga (IIB) xabar berishingizni   so`raymiz.