Mikroqarz – har qanday maqsad uchun kerakli mablag’ni olishning tez va qulay usuli. Ushbu zamonaviy vosita nimanidir ta’mirlash, o’qishga to’lash, davolanish, hisob-kitob qilish, yo’llanma, mebel, texnikani xarid qilish yoki qarzni shoshilinch qaytarish zarurati bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun darxol pul mablag’lari kerak bo’lgan odamlarga murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Bank tomonidan mikroqarz naqd pulsiz shaklda mablag’larni plastik kartochkaga o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Mikroqarz «Polis» krediti olinadigan mikroqarz bo’yicha har oylik to`lovni to’lash uchun yetarli bo’lgan doimiy daromadga ega jismoniy shaxslarga bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk garovi yoki sug’urta tashkilotining sug’urta polisi ta’minoti bilan beriladi.
Kredit mahsulotining turi va nomi | Mikroqarz «Polis» |
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar |
O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan, 18 yoshga to’lgan jismoniy shaxs |
Mikroqarz valyutasi | O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’m |
Mikroqarz miqdori | 100.0 mln so’mgacha |
Mikroqarz maqsadi | Maqsadsiz |
Mikroqarz muddati |
Imtiyozli davrsiz, 36 oy muddatgacha |
Taqdim etish shakli |
Qarz oluvchining «ASIA ALLIANCE BANK» ATBda ochilgan so’m plastik kartasiga pul o’tkazish yo’li orqali |
Foiz stavkasi |
12 oy muddatgacha – 27,99 % 36 oy muddatgacha – 32,00 % |
Mikroqarz ta’minoti |
·25 000 000.0 (yigirma besh million) so’mdan 100 000 000.0 (yuz million) so’mgacha bo’lgan miqdorda ajratiladigan mikroqarzlar uchun – mikroqarz miqdorining 125% dan kam bo’lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan kredit qaytmaslik xavfini sug’urtalash bo’yicha sug’urta polisi yoki likvidli mol-mulk garovi. |
Talab etiladigan hujjatlar |
А) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.); B) Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar; D)Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to’g’risidagi hisoboti (garov mulki talab etilgan hollarda); E) Bankning mas’ul xodimlari tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto sur’atlari bilan (garov mulki talab etilgan hollarda).. Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Bunda daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin. |
Mikroqarzni qaytarish tartibi | Mikroqarz va hisoblangan foizlarni to’lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet yoki differensial to’lov usulida amalga oshiriladi. |
Qo’shimcha shartlar |
•Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining alohida sof daromadi BHMning 6 barobaridan kam bo’lmasligi lozim; •Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining o’rtacha oylik sof daromadining 50% mikroqarz bo’yicha eng yuqori oylik to’lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo’yicha o’rtacha oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi lozim; •Bunda Birgalikda qarz oluvchi mavjud holatda, Qarz oluvchining o’rtacha oylik sof daromadining 50 (ellik) foizi kredit uchun eng ko’p oylik to’lovning kamida 50 (ellik) foizini to’lash uchun yetarli bo’lishi lozim; •Kafilning daromadi yuqoridagi talabga muvofiq alohida baholanadi; •Ushbu mikroqarz krediti o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslarga ajratilmaydi. |
Umumiy shartlar
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
