Umumiy shartlar
B) O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oydan oshmagan bo‘lishi lozim);
C) Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
D) Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to‘g‘risidagi hisoboti;
E) Bankning kredit menejeri (mas’ul xodimlari) tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto suratlari bilan.
• Qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim;
• Muddati o‘tgan asosiy qarz uchun oshirilgan foiz stavkasi kredit bo‘yicha foiz stavkasining 1,5 barobarida belgilanadi;
• MIB joriy qarzdorligi bo‘lmasligi • Kredit byurolaridan olingan kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim. Bunda: so‘nggi 3 yil muddatda: - 60+ 3 tagacha yo‘l qo‘yiladi;
so‘nggi 1 yil muddatdagi kredit tarixi: - 30+ 2 tagacha yo‘l qo‘yiladi;
- 90+ yo‘l qo‘yilmaydi. • Ko‘chmas mulklar o‘rnatilgan tartibda bank talablariga javob bergan taqdirda, kredit ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin;
• Kredit ta’minoti sifatida garovga ko’chmas mulk qabul qilinganda, ushbu mulk qarz oluvchi yoki uning yaqin qarindoshiga tegishli bo’lishi lozim;
• Kredit ta’minoti sifatida garovga qo’yuvchining yagona uy-joyi garovga olingan taqdirda, mazkur Boshqaruv qaroriga ilova qilingan yagona turar joyni garovga qo’yish oqibatlari to’g’risida tushuntirish matni garovga qo’yuvchiga tanishtirilishi va imzolanishi lozim;
• Kredit 12 oy muddatga ajratilganda, ta’minot sifatida ko’chmas mulk qabul qilinmaydi;
• Kredit tashkilotlarida o’rtacha oylik to’lovi 5.0 mln.so’mdan oshgan joriy kredit qarzdorligi mavjud bo’lmasligi lozim (daromadlarini, hisob raqam aylanmalarini yoki nomida mol-mulk mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan hollar bundan mustasno).
Mikroqarz – har qanday maqsad uchun kerakli mablag’ni olishning tez va qulay usuli. Ushbu zamonaviy vosita nimanidir ta’mirlash, o’qishga to’lash, davolanish, hisob-kitob qilish, yo’llanma, mebel, texnikani xarid qilish yoki qarzni shoshilinch qaytarish zarurati bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun darxol pul mablag’lari kerak bo’lgan odamlarga murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Mikroqarz «Garov» krediti bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk garovi evaziga o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga beriladi.
Foydalanish shartlari
Mikroqarz ushbu olinadigan mikroqarz bo’yicha har oylik to`lovni to’lash uchun yetarli bo’lgan doimiy daromadga ega jismoniy shaxslarga beriladi.
- Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
- Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat;
- Mikroqarz ta`minoti bo’yicha hujjatlar.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance Pay ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.