Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 615
  • Yangilash: 10 November 2023, 12:54

Suyunov Farrux Farxodovich

Komplayens nazorati boshqarmasi boshlig'i

1982 yilda tug'ilgan.

2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda “Hamkorbank” ATB Oqtepa minibanki menejeri lavozimida boshlagan.

2008-2014-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida ishlagan. Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi va “Chorsu” minibankida ishlagan, 1- toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis, shuningdek, bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.

Bundan tashqari, 2014-2023-yillarda “KDB Bank Uzbekistan” AJ tizimida Hisoblarni boshqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Yunusobod filiali konversion operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i, Mijozlarning hisob-raqamlarini boshqarish bo’limi boshlig‘i, Yunusobod filiali bosh hisobchisi, shuningdek Komplayens boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2023-yilning noyabrida "ASIA ALLIANCE BANK" ATB Komplayens-nazorati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va majburiyatlarni taqsimlash;

- Boshqarma xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan bajarayotgan ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatish;

- Bankda qabul qilinadigan ichki meʼyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish siyosati va tartiblarini muntazam ko‘rib chiqishni ta’minlash;

- Bank xodimlariga, vaqtinchalik yoki ishga jo‘natilgan xodimlarga, shuningdek, har qanday xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mansabdor shaxslari va xodimlariga Boshqarma vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha maslahatlar berish;

- Boshqarma faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash va Bank Boshqaruviga kiritish;

- Bank amaldagi qonun hujjatlari, Bankning Komplayens siyosati, shuningdek Sanksiyalarga rioya etish talablarini nazorat qilish.


Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X