Hurmatli mijozlar!

“ASIA ALLIANCE BANK” ATBga ishonch bildirganingiz uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va 2023-yil 21-avgustdan boshlab jismoniy shaxslar uchun ASIA ALLIANCE BANK plastik kartalarini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish tariflariga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qiladi. Xususan, “ASIA ALLIANCE BANK”da ochilgan kartalar bo‘yicha tovar va xizmatlar uchun to‘lov komissiyasi bekor qilinadi.

Xalqaro plastik kartalar uchun garov depozitining hajmi ham bekor qilinadi yoki qisqartiriladi. “ASIA ALLIANCE BANK” bankomatlarida bank kartalari bo‘yicha milliy valyutadagi naqd pul muomalasi uchun komissiya pasaytiriladi va uning miqdori tranzaksiya summasining 0,6 foizini tashkil qiladi.

Ammo, shu bilan birga, jismoniy shaxslar uchun MasterCard, Visa Gold, Visa Platinum, Visa Infinite xalqaro plastik kartalarini ochish uchun komissiya miqdori oshiriladi.

Hurmat bilan, “ASIA ALLIANCE BANK”ATB.