Kredit maqsadi
Har qanday maqsad uchun mikroqarz
Kredit miqdori
100 mln so'mgacha
Foiz stavkasi
Yillik 22% dan 27.9% gacha
Kredit muddati
60 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
Bank ofisi
Berish shakli
"Asia Alliance Bank" ATBda ochilgan so‘mdagi plastik kartaga
Kredit ta'minoti
- Mazkur kredit 60 oy muddatgacha taqdim etilganda, mikroqarzning 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda uchinchi shaxs kafilligi yoki likvidli mol-mulk garovi qabul qilinadi;
- Mikroqarz ta’minotsiz shartlarga 36 oy muddatga qadar ajratiladi. Bunda: Qarz oluvchini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash bo‘yicha mikroqarzning 125 foizi miqdorida sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi.
To'lov usuli
Differensial, Annuitet
To'lovlar davriyligi
Har oyda
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi va boshqa harbiy xizmatlar tizimida kamida 1 yil ishlagan, 21 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
Kredit berish tartibi
Qarz oluvchining "Asia Alliance Bank" ATBda ochilgan so‘mdagi plastik kartasiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan.
Kerakli hujjatlar
A) Qarz oluvchi, Birgalikda qarz oluvchi (mavjud bo‘lsa) va Kafilning (mavjud bo‘lsa) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash guvohnomasi va boshqalar);
B) Kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
V) Mustaqil baholovchi tashkilotning garovga qo‘yilgan mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi hisoboti (mol-mulkni garovga qo‘yib kredit olinganda)
Kredit berish va xizmat ko'rsatish uchun komissiya
Yo‘q
Qo'shimcha shartlar
Foiz stavkasi: Yiliga 22% (kredit muddati 12 oygacha bo‘lsa), yiliga 26.9% (36 oygacha), yiliga 27.9% (60 oygacha)
Muddatidan oldin to'lash
Mijozning xohishiga qarab, istalgan vaqtda to‘liq yoki qisman bajarilishi mumkin.