Sizga Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi, 18-uy, 1-xonadon manzilida joylashgan, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayxontohur filiali qoshida tashkil etilgan “Shayxontohur” bank xizmatlari markazi manzili o’zgarayotganligini ma’lum qilamiz. Markazning yangi joylashuvi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mavzesi, 18-uy, 23-xonadon manzilida joylashgan. Shuningdek, Markaz nomi ham o’zgartirilib, “Labzak” bank xizmatlari markazi deb qayta nomlanadi.

Ayni paytda Markazda uning manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq zaruriy texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, 2023 yil 24 iyuldan 2023 yil 1 avgustga qadar Markaz faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur vaqt mobaynida “Shayxontohur” bank xizmatlari markazi mijozlariga xizmat ko‘rsatish bevosita Shayxontohur filialida amalga oshiriladi.