Hurmatli “ASIA ALLIANCE BANK” ATB mijozlari!

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB yagona MFOga o‘tishi va filiallarning bank xizmatlari markazlariga aylantirilishi munosabati bilan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB bankning barcha filiallarini yagona kod (MFO) 01095 bilan bank xizmatlari markazlariga aylantirmoqda. Sizga shuni maʼlum qilamizki, joriy yilning 15-dekabr kuni soat 15.00 dan 17-dekabrgacha yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari ishi toʻxtatiladi. 2023-yil 18-dekabrdan boshlab xizmat ko'rsatish jarayonlari bosqichma-bosqich tiklanadi.

Batafsil ma'lumot uchun 71 231 60 00 raqamiga murojaat qilishingizni so'raymiz.