- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
- Qabul kunlari: DU - JU 9:00 – 11:00
1984 yilda tugʻilgan.
2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yilda “Asaka” ATB Avtotransport filialining Kreditlash boʻlimi avtokreditlash sektori mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
2005 yildan 2015 yilgacha “Asaka” ATB tizimida ishlagan. Pul muomalasi, Valyuta ayirboshlash operatsiyalari, Eksport-import va ayirboshlash operatsiyalari boʻlimlarida ishlagan, Kreditlash boʻlimi boshligʻi, shuningdek Mini-bank boshligʻi lavozimlarini egallagan.
Bundan tashqari, 2011 yildan 2012 yilgacha “Qishloq Qurilish Bank” Toshkent mintaqaviy filialida Naqd pul mablagʻlari berilishi ustidan monitoring qilish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
2015 yildan 2016 yilgacha “Xalq Bank” Yakkasaroy filiali boshqaruvchisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2016 yil dekabr oyidan 2018 yil iyun oyigacha “Xalq Bank” Sergeli filialining boshqaruvchisi lavozimida ishlagan.
2018 yilning iyunida “ASIA ALLIANCE BANK” Aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv Raisining oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlangan.
2023 yil noyabr oyida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Quyidagi bo‘linmalar faoliyati boshqaruvini amalga oshiradi va nazorat qiladi:
· Kredit tavakkalchiliklari va kredit portfeli monitoringi boshqarmasi;
· Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi;
· Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi;
· Kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi boshqarmasi;
· Metodologiya boshqarmasi;
· Ishlar boshqarmasi;
· Amaliyot boshqarmasi, MBXO va BXM.
- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
- Qabul kunlari: DU - JU 9:00 – 11:00