Umumiy shartlar
Kredit maqsadi
Bank tomonidan belgilangan limit, muddat va boshqa shartlar asosida Bank va Qarzdor o‘rtasida tuziladigan Bosh kelishuv orqali Qarzdorga ajratiladigan kreditlar va unga tenglashtirilgan amaliyotlar bo‘yicha Bankning kredit mahsulotlarini taqdim etish.
Kredit valyutasi
so’m /AQSH dollari/yevro
Foiz stavkasi
26,5% dan kam bo’lmagan (milliy valyutada), 13,5%dan kam bo’lmagan (xorijiy valyutada)
Kredit muddati
60 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
bank filiali
Berish shakli
1. Kredit mablag‘lari qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq amaliyotlar bo‘yicha xarajatlar to‘lovlarini amalga oshirish uchun uning depozit hisob raqamiga o‘tkazish orqali; 2. Bank kassasidan naqd ko‘rinishda (Kredit mablag‘lari kreditlash bo‘limi nazorati ostida mijozning ssuda hisob raqamidan faqatgina milliy valyutada Bank kassasi orqali naqd pulda berish orqali ajratiladi. Bunda mijozdan qo‘shimcha komissiya undirilmaydi); 3. Mijoz tomonidan taqdim etilgan shartnomaga asosan pul ko‘chirish yo‘li orqali o‘tkaziladi.
Kredit ta'minoti
Bank ichki me’yoriy hujjatlarga asosan
Imtiyozli davr
ha
8 оygacha
8 оygacha
To'lov usuli
differentsial, annuitet
To'lovlar davriyligi
oylik
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
1. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
2. Kreditlar bo‘yicha ohirgi 12 oy ichida: 30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘lmasligi;
3. Nazorat asosida o‘zaro aloqador korxonalarining “Asia Alliance Bank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
4. Nazorat asosida qarz oluvchini kredit tarixi to‘g‘risidagi (KATM) ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “Asia Alliance Bank” ATB tizimida «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
5. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;
6. Ohirgi 3 yilda sud jarayonidagi kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;
7. Balansdan tashqari hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi.

Qo'shimcha shartlar
Qarz oluvchiga “Asia Alliance Bank” ATB tizimida faqatgina sug‘urta polisi ta’minoti asosida berilgan kreditlarning miqdori umumiy qiymatda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari bo‘yicha 500,0 mln. so‘mdan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT, OT, XT va xk.) bo‘yicha 300,0 mln. so‘mdan oshmasligi lozim. Shuningdek nazorat asosida bir qarzdor yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhiga ajratilgan kreditlar bilan birgalikda hisoblanganda ta’minotida faqatgina sug‘urta polisi bo‘lgan umumiy kreditlari qoldig‘i 1,0 mlrd. so‘mdan oshmasligi lozim.
Kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi korxonaning tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida hisob raqamiga yo‘naltirilganda va/yoki bank kassasida naqd ko‘rinishida ajratilganda alohida tartibda tekshirilmaydi va dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtirilmaydi.
Bosh kelishuv imzolangan sanadan boshlab mijoz tomonidan 12 oy mobaynida kredit mahsulotlaridan foydalanilmagan taqdirda ushbu limit o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi va har tuziladigan individual shartnomalar loyiha ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib Bosh kelishuv muddatida ham tuzilishi mumkin.

Eslatma
Milliy valyutada 26,5%dan kam bo‘lmagan; Xorijiy valyutada 13,5%dan kam bo‘lmagan;
Mijozlarning talablaridan kelib chiqib so‘ralgan kredit mahsulotlari bo‘yicha foiz stavka, komissiya va ustamalar loyiha ko‘rib chiqilayotgan vaqtdagi amaldagi tariflarga asosan belgilanadi.
Mijozlarning talablaridan kelib chiqib so‘ralgan kredit mahsulotlari bo‘yicha foiz stavka, komissiya va ustamalar loyiha ko‘rib chiqilayotgan vaqtdagi amaldagi tariflarga asosan belgilanadi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
Yagona aloqa markazi
Ish tartibi: 24/7
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Boshqa kreditlar