2024 yilning 28 oktabrida ATB "Asia Alliance Bank" Xalqaro Islom Savdo Moliya Korporatsiyasi (ITFC) vakillari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

ATB "Asia Alliance Bank" 2019-yilda ITFC bilan aloqalar o‘rnatgan birinchi o‘zbek banki sifatida, biz ushbu yetakchi hamkorlikni davom ettirish va ushbu hamkorlik orqali mablag‘ jalb qilishdan faxrlanamiz. Bizning muzokaralarimiz savdo moliyasi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan yechimlarini yaratishdagi umumiy intilishlarini yana bir bor tasdiqladi. 

ITFC bilan o’rnatilgan mustahkam aloqalarimizni yanada rivojlantirish, mijozlarimiz uchun yuqori sifatli moliyaviy yechimlar taqdim etish va O‘zbekistonning ravnaqiga hissa qo‘shish imkoniyatlarini yaratishdan umidvormiz.