Hurmatli mijozlar! 

Rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 18-iyul kuni soat 08:00 dan 2026-yil 20-iyul kuni soat 09:00 gacha jismoniy va yuridik shaxslarga masofaviy bank xizmatlari faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, "Oltintepa" bank xizmatlari markazi 2026-yil 18-iyul kuni mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligini ma’lum qilamiz. Mijozlardan Bankka tashrifni rejalashtirishda ushbu ma’lumotlarni inobatga olishlarini so‘raymiz. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz.