Kredit maqsadi
“Asaka Motors International” MCHJ va uning rasmiy dilerlari tomonidan yetkazib beriladigan “Wuling Bardosh” rusumidagi avtotransport vositasini sotib olish uchun.
Kredit miqdori
avtomobil qiymatining 50% dan oshmasligi kerak
Dastlabki to'lov
Avtomobil qiymatining kamida 50 foizi
Foiz stavkasi
Yillik 0,0%.
Kredit muddati
42 oygacha
Berish shakli
“Asaka Motors International” MCHJning hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li orqali.
Kredit ta'minoti
Sotib olinayotgan avtotransport vositasi kredit miqdorining 133,3 foizdan kam bo‘lmagan qiymatda garovga qabul qilinadi. Ta’minot bo‘yicha garov shartnomasini notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilgunga qadar qo‘shimcha ta’minot talab qilinmaydi.
To'lov usuli
Differensial
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxs.
Kerakli hujjatlar
A) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash guvohnomasi va h.k.). B) Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi. C) O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (kredit o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda). D) Mijoz turmush o‘rtog‘ining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga taqdim etishga rozilik arizasi. Turmush o‘rtog‘i mavjud bo‘lmagan hollarda, mijoz tomonidan kredit uchun ariza berilgan kunga nikohi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning (mavjud hollarda) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Daromadlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularni tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin. Bunda daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 oy uchun hisoblanadi.
Qo'shimcha shartlar
• Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim. • MIB joriy qarzdorligi bo‘lmasligi. • Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim. Bunda 30+ 10 tagacha yo‘l qo‘yiladi, 60+ 3 tagacha yo‘l qo‘yiladi. Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 90+ 1 tagacha yo‘l qo‘yiladi.
Limitni oshirish
Mavjud emas
Limitni muddatidan oldin yopish
Mavjud emas