Hurmatli obligatsiyalar egalari!

“Asia Alliance Bank” ATB Sizga shuni ma’lum qiladiki, Bank obligatsiyalari bo‘yicha foiz (kupon) daromadi hamda obligatsiyalar so‘ndirilganda to‘lanadigan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi orqali amalga oshiriladi. 

To‘lovlar obligatsiyalar chiqarilish shartlarida belgilangan sanaga qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan shakllantirilgan depozitariy hisobi (obligatsiyalar egalari reyestri) ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.     

Pul mablag‘larini o‘tkazish tartibi:    

· jismoniy shaxslarga — pul mablag‘lari “UzCSD” mobil ilovasi orqali qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkaziladi; 
 · yuridik shaxslarga — pul mablag‘lari yuridik shaxs tomonidan belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariyga taqdim etilgan bank rekvizitlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
  
Foiz (kupon) daromadini to‘lash va obligatsiyalarni so‘ndirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
  
O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining aloqa ma’lumotlari:
  
Manzil: 100170, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy.
  
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish yagona telefoni: +998 (71) 211-09-09 (ichki: 162, 168).