ASIA ALLIANCE BANK Frankfurt-na-Maynda bo‘lib o‘tayotgan SIBOS 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda. Ushbu anjuman bank tendensiyalari va moliyaviy innovatsiyalar bo‘yicha dunyodagi eng yirik platformalardan biridir.

Forumning birinchi kunida bank bir qator yetakchi moliyaviy institutlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va hamkorlik kelishuvlariga imzo chekdi:

• LBBW (Germaniya) bilan savdo moliyalashtirish va xalqaro operatsiyalar bo‘yicha memorandum
• Spitamen Bank (Tojikiston) bilan g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha umumiy shartnoma

Ikkinchi kuni bank Unicredit Bank (Italiya), First Abu Dhabi Bank (BAA), Agricultural Bank of China (Xitoy), RBI (Avstriya) va boshqa xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada Aktif Bank (Turkiya) bilan g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Bu kelishuvlar ASIA ALLIANCE BANKning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyasini aks ettiradi va SIBOS missiyasiga - moliya sohasida global hamkorlikni mustahkamlashga - to‘liq mos keladi.