Asia Alliance Bank UZCARD AWARDS 2025 marosimi doirasida ikki nufuzli mukofot bilan taqdirlanib, innovatsion bank hamda ishonchli xalqaro hamkor sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Xalqaro ekvayring sohasidagi innovator
Mukofot Discover Financial Services va UZCARD bilan hamkorlikda - xalqaro ekvayringni rivojlantirish hamda ilg‘or to‘lov texnologiyalarini joriy etishdagi hissasi uchun topshirildi.

Sherdor premium kartasini rivojlantirgani uchun
Bankning yuqori maqom, texnologik yechimlar va mukammal servisni o‘zida mujassam etgan flagman premium mahsulotni yaratishdagi hissasi e’tirof etildi. 

Ushbu mukofotlar bank jamoasining izchil va tizimli mehnati hamda zamonaviy moliyaviy yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishning mantiqiy natijasidir.