Islom taraqqiyot banki Guruhining Bokuda bo‘lib o‘tgan Yillik yig‘ilishi doirasida Asia Alliance Bank ITFC bilan 20 million AQSh dollari miqdoridagi yangi moliyalashtirish liniyasini jalb qilishni ko‘zda tutuvchi kelishuv (Terms Letter) imzoladi. 

Bundan tashqari, Asia Alliance Bank vakillari xalqaro moliya institutlari, jumladan Turkic Investment Fund bilan uchrashuvlar o‘tkazib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. 

2013-yildan buyon ITB Guruhi tashkilotlari tomonidan bankka taqdim etilgan moliyalashtirish hajmi 45 million AQSh dollariga yetdi.