Hurmatli mijozlar!

Yangi yil bayrami munosabati bilan "Asia Alliance Bank" ATBda 2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 4-yanvargacha dam olish kunlari e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.

Biroq, bankning quyidagi navbatchi bo‘linmalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha valyuta ayirboshlash amalga oshiriladi:

- 2025-yil 31-dekabr kuni Toshkent shahri, Oltintepa ko‘chasi, 39-uy manzilida joylashgan "Oltintepa" Bank xizmatlari markazida.

- 2026-yil 2-3 yanvar kunlari Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan "Taraqqiyot" Bank xizmatlari markazida.

Telefon: (+99871) 231-60-00

2026 yil 5 yanvardan boshlab bankning barcha bo‘linmalari shtat rejimida ish boshlaydi!