2026-yil 15-avgust kuni “Asia Alliance Bank” ATB o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatining 17 yilligini nishonlamoqda! 

17 yil davomida biz o‘zimizning asosiy tamoyillarimiz - ishonchlilik, tezkorlik, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qat’iy amal qilib kelmoqdamiz. 

Yillar davomida biz bilan hamkorlik qilgan va yuqori ishonch bildirgan barcha mijozlarimiz hamda hamkorlarimizga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz. 

Siz va yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, farovonlik va barcha ezgu tashabbuslaringizda muvaffaqiyat tilaymiz! 

17 yil - Asia Alliance Bank’dagi 17 ta o‘zgarish 

1. Yangi vizual kod: yangilangan brending va zamonaviy logotip. 
2. Ekotizimning ishga tushirilishi: bankdan ko‘ra ko‘proq - yagona raqamli makon. 
3. Alliance Pay: kundalik vazifalar uchun mobil ilovaning yangi talqini.
4. Tezkor QR-to‘lovlar: istalgan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida bir bosishda to‘lov.
5. Bankomatlarda raqamli biometrika: Face ID orqali tizimga kirish va operatsiyalarni tasdiqlash.
6. Kartalarni onlayn rasmiylashtirish: filialga tashrif buyurmasdan buyurtma berish va yetkazib berish.
7. Aqlli valyuta ayirboshlash: 24/7 qulay kurs bo‘yicha konvertatsiya.
8. Xalqaro pul o‘tkazmalari: to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon orqali tezkor jo‘natmalar.
9. Moslashuvchan raqamli omonatlar: jamg‘armalarni real vaqt rejimida boshqarish.
10. Onlayn mikroqarzlar: bir necha daqiqada qaror.
11. Oltin va kumushdagi metall hisobvaraqlar.
12. Kontaktsiz ekvayring: savdo nuqtalari uchun qulay yechimlar.
13. Shaxsiylashtirilgan bildirishnomalar: xarajatlarni aqlli nazorat qilish.
14. Eko-ofislar: an’anaviy filiallarni qulaylik va texnologik yechimlar asosida qayta ko‘rib chiqish.
15. 24/7 qo‘llab-quvvatlash: chat va telefon orqali mijozlarga kecha-yu kunduz g‘amxo‘rlik.
16. Ijtimoiy tashabbuslar: barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash.
17. Eng muhim o‘zgarish: biz sizga yanada yaqin bo‘ldik!