2025-yil 26-noyabrdan 28-noyabrgacha Avstriya taraqqiyot banki (OeEB) va Emerging Markets Global Advisory Limited vakillari Bankni keng qamrovli tekshirish uchun Asia Alliance Bank Bosh ofisiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida bank rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, bank va uning faoliyati, korporativ boshqaruv, risklarni boshqarish, komplayens-jarayonlar va operatsion faoliyat haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Ushbu yig‘ilish EMGA ishtirokida OeEB kredit liniyasini jalb qilish jarayoni doirasida o‘tkaziladigan keng qamrovli KYC (Know Your Customer) tekshiruvining asosiy bosqichidir.
Uchrashuv ishbilarmonlik va do‘stona muhitda o‘tdi hamda Asia Alliance Bank va xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 206