Hurmatli mijozlar!

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq hamda firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida, pasporti amal qilish muddati tugagan yoki JShShIR (PINFL) ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan mijozlardan shaxsiy ma’lumotlarini yangilash uchun Asia Alliance Bank bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Amaldagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, karta va elektron hamyon orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. JShShIR (PINFL) ma’lumotlari taqdim etilgandan so‘ng, xizmat ko‘rsatish va operatsiyalar qayta tiklanadi.  

Tushunganingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.