Muddat: gacha: 16:00 12.05.2026 y.
Tanlov o’tkazish bo’yicha e’lon
1. “Asia Alliance Bank” aksiyadorlik-tijorat banki “Asia Alliance Bank” ATB uchun “Web Application Firewall FortiWeb 400F Hardware Enterprise Bundle (HA Cluster, Reverse Proxy)” apparat kompleksini joriy etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. (Xarid hujjatlari ilova qilinadi).
2. Tanlov tashkilotchisi - "Asia Alliance Bank" ATB - yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uy.
Savollar bo’yicha:
Xaridlar va kontraktlar bo‘limi boshlig‘i – Musayev T.Ya.
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Mahtumquli ko’chasi, 2A uy
Telefon: (+998 71) 231-60-00 (ichki 1264)
3. Tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar – Xarid hujjatlari talablariga javob beradigan har qanday yetkazib beruvchi tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin..
4. Narxlar QQS bilan yoki QQSsiz ko’rsatilishi kerak.
5. Tanlov shartlari va tartibi to'g'risida batafsil ma'lumot ushbu e’lonning ajralmas qismi bo'lgan Tanlov hujjatlarida keltirilgan.
6. Tanlov takliflari bilan konvertlar O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Yashnobod tumani, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uy manziliga 2026 yil 12 may soat 16:00 (mahalliy vaqt) dan kech bo'lmagan vaqt ichida keltirib berilishi zarur.
Konvertda Buyurtmachining nomi, manzili va telefon raqamlari, hamda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:
· Tanlov nomi (predmeti);
· Tanlov qatnashuvchisining nomi, kontakt ma’lumotlari va INN raqami;
· “Tanlov o’tkazilishi belgilangan vaqtgacha ochilmasin” belgisi.
Yuqorida ko’rsatilgan tartib asosida muhrlanmagan va rasmiylashtirilmagan konvertlar qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.