Muddat: gacha: 17:00 25.03.2025 y.
4 apreldagi 10-sonli qaroriga asosan, IBM Flash System 5015 ma’lumotlarni saqlash tizimi apparat dasturiy kompleksi yetkazib berish bo'yicha tanlovda «Blaze Technologies Ltd» kompaniyasi g’olib deb e’lon qilinadi
Tanlov o’tkazish bo’yicha e’lon
1."ASIA ALLIANCE BANK" aksiyadorlik tijorat banki IBM Flash System 5015 ma’lumotlarni saqlash tizimi apparat dasturiy kompleksi yetkazib berish bo'yicha tanlov e'lon qiladi (Tanlov hujjatlari ilova qilinadi).
2. Tanlov tashkilotchisi - "ASIA ALLIANCE BANK" ATB - yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uy.
Savollar bo’yicha:
Axborot Texnologiyalari Boshqarmasi Texnik qo’llab quvvatlash bo'limi yetakchi mutaxassisi Sultonxon Omoniy
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Mahtumquli ko’chasi, 2A uy
Telefon: (+998 71) 231-60-00 (ichki 1030)
3. Tanlov ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar:
- Tanlov hujjatlarining talablariga javob beradigan har qanday yetkazib beruvchi tanlov qatnashchisiga aylanishi mumkin.
4. Narxlar QQS bilan yoki QQSsiz ko’rsatilishi kerak.
5. Tanlov shartlari va tartibi to'g'risida batafsil ma'lumot ushbu e’lonning ajralmas qismi bo'lgan Tanlov hujjatlarida keltirilgan.
6. Tanlov takliflari bilan konvertlar O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Yashnobod tumani, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uy manziliga 2025 yil 25 mart soat 17:00 (mahalliy vaqt) dan kech bo'lmagan vaqt ichida keltirib berilishi zarur.
Konvertda Buyurtmachining nomi, manzili va telefon raqamlari, hamda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:
· Konkurs nomi (predmeti);
· Konkurs qatnashuvchisining nomi, kontakt ma’lumotlari va INN raqami;
· “Tanlov o’tkazilishi belgilangan vaqtgacha ochilmasin” belgisi.
Yuqorida ko’rsatilgan tartib asosida muhrlanmagan va rasmiylashtirilmagan konvertlar qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.