Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 0
  • Yangilash: 3 May 2019, 11:44

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotlarni tanlash bo`yicha tanlov.

Chop etish sanasi: 01.05.2019 y.
Muddat: gacha: 11:36   10.05.2019 y.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining 36-bandi asosida korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar o`rtasida tanlov e’lon qiladi

Baholash davri: 2018 yil yakunlari

Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov bo`yicha takliflar Toshkent shahar, Maxtumquli ko`chasi, 2A-uy manzili bo`yicha 2019-yil 10-may 17:00 ga qadar taqdim etilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun quiydagi hujjatlar taqdim etilishi lozim

- Muhrlangan konvertda baholash muddati, xizmat narxi va korporativ boshqaruv tizimini baholash bo`yicha tajribasi (korporativ boshqaruv tizimini baholashlari soni, shu jumladan tijorat banklarda, qimmatli qog`ozlar bozoridagi staji) ko`rsatilgan taklifi;


- davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risida guvohnoma nusxasi;

- litsenziya nusxasi (fond birjasi, qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilari, audit tashkilotlari va boshqalar uchun);

- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markazi tomonidan berilgan malaka sertifikati va/yoki Qimmatli qog`ozlar bozorining malaka attestatiga ega xodimlar soni haqida ma’lumot va ushbu hujjatlar nusxalari;


Tanlov tashkilotlarning xizmat narxi, baholash muddati, xodimlar malakasi va ushbu yo`nalish bo`yicha tajribasi asosida amalga oshiriladi.

Qo`shimcha ma’lumotlar quyidagi telefon orqali olinishi mumkin: +99871 231-60-33



Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X