Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  15 Noyabr 2019, 10:22

cards_dopinfo_sms.jpg

Siz kartangiz bo‘yicha barcha operatsiyalardan xabardor bo‘ling!

Siz kartaga mablag‘larni kiritish haqida va kartangiz bo‘yicha barcha operatsiyalar haqida darhol bilib olasiz. Sizning telefoningizga tegishli SMS xabarlar keladi. SMS xabar berish kartangiz bo‘yicha hisob-kitoblarning xavfsizligini ta'minlash imkoniyatini beradi.

Sizning mobil telefoningizga keladigan SMS xabarlar uchun mobil aloqa operatori tomonidan to‘lov olinishiga e’tibor bering, uning miqdorini siz mobil aloqa operatoringizdan aniqlashingiz mumkin.


Xizmatni ulash uchun bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin, yoki "ASIA ALLIANCE BANK" ATB infokiosklari yoki O‘zbekiston Respublikasining istalgan boshqa bankining infokiosklari yordamida xizmatga mustaqil ulanishingiz mumkin.  

UZCARD kartalari saqlovchilariga SMS xabar berish xizmati Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan hamkorlikda taqdim etiladi.

«HUMO»  kartalar bo`yicha xizmatni ulash uchun bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.


Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3115
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech